QUSHLAR VA SUT EMIZUVCHILAR BIOZARARLASH MANBALARI

QUSHLAR VA SUT EMIZUVCHILAR BIOZARARLASH MANBALARI

Qushlar zararlantiradigan obyektlar

Materiallar, tehnik qurulmalar, me’morchilik va sanoat inshootlari, yodgorliklar, obidalar, va nihoyat xom-ashyo resurslarini etishtirish, saqlash, ularni transportirovka qilish, qayta  ishlov berish bosqichlarida qushlar tomanidan zararlantirish kabi qotor amaliy jihatdan salbiy muammolarni qamrab olgan. Quyida shularning eng muhimlariga to’xtalib o’tamiz.

Mo’ynali hoyvonlar fermalari sharoitida qushlarning zarari

   Qushlar teri-mo’yna buyumlarini bilvosita zararlantirishda ishtirok etib, ularni sifatini pasaytiradi. Chorva fermalarida haywonlarga tegishli oziqaning bir qismini yeb, addiy zarar keltirishini ham aytib o’tish o’rinlidir. Bu zarar asosan, ola qarg’alar, maynalar, chumchuqlar tomanidan etkaziladi. Negaki mo’yna fermalarida ayniqsa, qish faslida oziqa miqdorining mo’l-ko’l bo’lishligi qishlovchi qushlar populyatsiyasini bunday obyektlar o’ziga ko’proq jalb etadi. Chorva fermalari sharoitida ularni cho’chitib haydash juda qiyin, butunlay yo’qatish esa undan ham qiyinroq kechadi. Qanchalik darajada samarali cho’chitib haydash usullari qo’llanilmasin qushlar bunday joylarga tez-tez galalashib turadi va mo’ynali hayvonlar uchun beriladigan oziqaga sherik  bo’ladi. Lekin qushlarning (qarg’alar) bir qismini tutish va otish yo’li bilan sonini qisqartirish katta samara bermaydi, chunki qushlar soni atrofda yashayotgan populyatsiya hisobidan tezda tiklanadi. Garchand bu yetkazilayotgan zararlarni miqdoriy ko’rsatkichlarini hozircha baholash qiyin bo’lsa ham, uning ancha yuqori ekanligiga shubha yo’q. Chorva fermalari sharoitida hozirgacha qushlar zararini kamaytirishning samarali chora tadbirlari mavjud emas. Bu borada birdanbir eng istiqbolli usullardan biri o’rgatilgan yirtqich qushlardan faydallanish mumkin.

 

Qushlarning energetic qurulmalardagi ziyoni

 

Keyingi 10 yillarda go’ng qarg’alar, laylaklar va boshqa qushlar elektr uzatish liniyalarining ustunlariga, metalli konstruksiyalariga uya qurushga moslashgan. Bu hollarda ular uya qurush uchun, odatdagi uya materiallari bilan birgalikda ustunlar atrofida toplanib qolgan sim bo’laklaridan foydalaniladi. Qushlar tomanidan elektr liniyalarida qisqa to’qnashuvlar sodir etilishi avariyali holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada ishlab chikarish korxonalari, kommunikatsiya xizmatlari, sog’liqni saqlash tarmoqlari, aholi punktlari va boshqalar energiya ta’minotidan mahrum boladi. Laylaklar o’zlarining og’ir uyalarini temir yo’l stansiyalariga o’natib temir yo’l transporti harakatiga jiddiy xalaqit bermoqda. A.M. Bolotnikov va uning xodimlari (1981) ma’lumotlariga ko’ra, go’ng qag’alarning elektr uzatish liniyalari ustunlarida joylashgan uyalari (bir ustunda 55 tadacha uya borligi sanalgan), energiya tarmog’ida avariyali holatlarni keltirib chiqaradi (har olti ustunda uya qurish mavsumida 15 tagacha avriyalar qayt etilgan). Oqibatda, joylarda iqdisodiy zararlar hajmi oshib bormoqda.

O’zbekiston sharoitida oq laylaklarning yuqori kuchlanishli elektr ustunlariga uya qo’yishlari Farg’ona vodiysi elektr tarmoqlari ishiga juda katta zarar etkazmoqda. Masalan, faqatgina Namangan elektr tarmoqlari korxonasida 1994- yilda oq laylaklarning uya qo’ishlari tufayli 92 marotaba qisqa tutashuvlar sodir etilgan. Shundan 40 tasi oq laylaklarning suyuq ahlatlari orqali, 52 tasi esa bevosita oq laylaklarning o’zlari orqali yuzaga kelgan. 1995-yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylari ichida 4 marotaba ana shunday qisqa tutashuvlar qoyd etilgan.  1995-yil 25 mayda Namangan viloyatining Pop tumani hududuga <<obi hoyot>> stansiyasidagi oq laylaklar tomanidan etkazilgan moddi zarar bir necha o’n ming so’mni  tashkil etdi (Jabborov, Mamashukurov, 1997).

 

 

Madaniy yodgorliklar,me’morchlik va sanoat inshoatlarining zararlanishi

Uzoq tarixni qamrab olgan ko’psonli yodgorliklarga, katta madaniy qimmatga ega bo’lgan yirik shaharlarda bo’lganimizda nochor ahvolga kelib qolganligini guvohi bo’lamiz. Haykallar va binolarda zich qo’nib turgan ko’k kaptarlarni, ularning ahlatlari bilan bulg’anganligini, yuzasini misli zich oq pansir bilan qoplanganligi, allaqachon kuchli korroziyasi bilan izlari ko’rinib turadi. San’at shunoslar va mutahasislar qushlardan g’ishtli imoratlarni va haykallarni, metalli yodgorliklarni, bino tomlarini  bunday ifloslanishlarni oldini olish bo’yicha amaliy tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, bu masalani hal etish o’zining dolzarb ligini saqlab kelmoqda. Baliqchi qushlar G’arbiy Yevropa shaharlari binolarining yassi tomiga o’z uyalarini qo’yib, faol harakatdagi qichqiriq ovozlari bilan aholini bezovtalantirmoqda. Qarg’alar va zog’chalar, ibodathonalar peshtoqlaridagi gumbazlarga qo’nishga intilib oltin bilan yuritilgan qoplamalarni tirnash, mavjud metallar korroziyani kuchayishiga olib kelish bilan katta moddiy zarar yetkazmoqda (Ilichev, Bochorov, Anisimov va b. 1987).                                                                                              O’rta Osiyoda, xususan , O’zbekistonda XIV-XV asrlarga oid bir qator qadimgi tarixiy obidalar, memorchilik yogorliklari, maqbaralari, madras va masjidlar mavjud bo’lib, o’tmish xalqlari madaniyati, san’ati, fanining naqadar yuksak darajada bo’lganligini namoyon etadi. Bu qadimgi tarixiy obidalar, yodgorliklar maqbara va madrasalar ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib, ular respublikamizda qonunda belgilab qo’yilganidek, davlat muhofazasiga olingan. YUNESKO va qator nufuzli Xalqaro tashkilotlar tomonidan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz shaharlari O’rta Osiyoning yirik turizim xorijiy mehmonlarining qadamjolari, ziyorat qiladigan shaharlari ro’yhatidan munosib o’rin olganligi, ularning naqadar qadri qimmati yuqoriligini ko’rsatadi.                                      Qushlarning qadimgi tarixiy memorchilik yodgorliklari, maqbara, madrasalar, masjidlar bilan ekologik aloqalarini atroflicha o’rganish muhum nazariy va katta amaliy ahamiyatga egadir. 2750 yillik tarihga ega bo’lgan Samarqand shahri me’morchilik yodgorliklari, maqbaralari bilan qushlarning ekologik aloqlarini, biologiyasi, ekologiyasi va ularning ahamyatini Samarqand Davlat Universiteti olimlari o’rgangan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida memorchilik yodgorliklarida, maqbaralarida kaptarsimonlar, uzun qanotlar va chumchuqsimonlar turkumlariga mansub 10 dan ziyod tur qushlar : ko’k kaptar, halqali musicha, kichik musicha, qora uzun qanot, hakkalar, zog’chalar, go’ng qarg’alar, ola qarg’alar, hind chug’urchig’i va dala chumchuqlari qayd etildi. Qushlarning soni ayniqsa, Registon maydonidagi Tillakori, Ulug’bek, Sherdor madraslari va Go’ri-Amir maqbarasida yuqoriligi aniqlandi. Qushlar uchun tarixiy yodgorliklar qulay uya qo’yish, dam olish va tunash joylari bo’lib hisoblanadi. Kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar turkumlari vakillarining ahlatlari bilan obidalar gumbazlarida, peshtoqlarga har xil g’allasimon va boshqa o’simliklarni urug’lari tushib va o’sishi tufayli, shuningdek, ahlatlari bilan memorchilik yodgorliklarini zararlanishlariga sabab bo’lmoqda (Sagitov, Djabborov, Bayturayev 1987, Djabborov 1987, 1996; Alibekova, Djabborov 2002; Shernazarov, Lanavenkov, Ayupov, Jabborov, Boqayev, 2006; Jabborov, Fundukchiyev 2006).

Kurkunakalarning asalarichilikka zararli faoliyati qadimdan ma’lum. Lekin O’zbekistonda kurkunaklarning asalarichilikka yetkazayotgan zarari va  uni oldini olish choralari atroflicha o’rganilmaganva tahlil etilmagan.

T.Z.Zohidov va R.N. Meklenbursev larning ma’lumotlariga ko’ra, tilla rang kurkunaklar kuzda asalarichilik xo’jaliklarida to’olanishib asosiy ozuqalari ishchi arilar bo’lganligi tufayli, asalarichilar bu qushlarni juda zararli deb hisoblaydi. Kuzda uchib kelayotgan tilla rang kurkunaklarning hujumidan asalarilarni saqlash maqsadida asalarichilar ov qurollaridan foydalanadilar. Bu turning migratsiya oldi harakatlari boshlanganida qo’llanilgan tadbir kutilgan natijani bermaydi.

Kurkunaklardan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidagi dalalardagi asalarichilar ayniqsa, katta zarar ko’radilar. Olib borilgan hisoblarga ko’ra, bir soat davomida bir kurkunak o’rtacha 30-40 dona, bir kunda esa bir necha yuzlab asalarilarni yeyishi aniqlangan ( Jabborov, Fundukchiyev,2003).

Qushlar tomonidan sodir etilayotgan biozararlanishdan himoya qilishning asosiy yo’nalishlari

Himoyalanish vositalarini ularning organizmiga ta’sir etish nuqtai nazaridan baholab, sodir etilayotgan zararlanishlarni oldini olish uchun qo’llaniladigan tadbirlarni 3 kategoriyaga bo’lish mumkin. Birinchi kategoriyaga obyektga shikast yetkazishdagi urinish yoki u bilan oddiy kontaktda bo’lishida organizmning halok bo’lishiga olib keladigan (biosid) vositalar kiradi. Ikkinchi kategoriya organizmlarni fiziologik holatini yomonlashishiga olib keladigan – qaytariluvchan va faqat bevosita obyekt yaqinidagi hududda olib boriladigan vositalar kiritiladi. Nihoyat, uchunchi kategoriya etologik deb nomlangan vositalar, organizmning fe’l atvoriga ta’sir etish qobilyatiga ega bo’lib, ular obyektlardan faol qochish reaksiyalarini uyg’otadigan tadbirlar.

Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, ekologik vositalar, qanday afzallikka ega? Boshqa biozararlanishdan himoyalanish vositalariga nisbatan, ular iqtisodiy arzon, tejamli, samarali, ishonchli, muammoni yechishda birdan bir dolzarb yo’nalish hisoblanadi. Va nihoyat, ekologik vositalar biosfera monitoringining tarkibiy qismi sifatida himoyalanish chora tadbirlari tizimiga juda yaxshi qo’shilib ketadi.

Ornitologlar o’tgan asrning 50-yillarida ilk bor repellent signallarini o’rganib qushlardan aerodromlarni va qishloq xo’jalik ekinlari maydonlarini himoya qilish uchun amalda qo’llab ko’rdilar. Keyinchalik, etologiya bilan qishloq xo’jalik va aviatsiya chorrahalarida yaxlit ilmiy-amaliy yo’nalish- ,, qushlar fe’l atvorini boshqarish’’ boraida tadbirlar olib borildi.

Hozirgi vaqtdagi qushlarning biozararlanish faoliyatidan himoyalanish maqsadida akustik, optic, kimyoviy, mexanik ( himoyalanish-izolyatsiya) va ekologik, kombinatsiyalangan vositalardan foydalanishga asoslangan keng qo’llanilayotgan usullar jumlasiga kiradi. Ko’rib turganingizdek, bunday vositalarni klassifikatsiyalash negizida ta’sirot ta’sir kuchining boshlanishi va qisman uning qushlarga ta’sir etish samarasi yotadi(Ilichev, Bocharov, Anisimov va b.,1987).

Optik vositalar anchadan beri qushlarni ekin maydonalridan, polizdan va bog’lardan cho’chitib haydash uchun qo’llanilib kelinmoqda. Aftidan, bizning eramizdan ancha oldin odam figurasi yordamida qushlarni cho’chitib haydash amalda o’z o’rnini topgan. Har xil chuchelo shaklidagi imitantlar, siluetlar, ustki kiyimli oddiy yog’ochli karkaslarning shamoldan hilpirab turishi bog’larda va polizlarda hozirgacha qo’llanilib kelinmoqda. Xuddi shunday uzoq o’tmishdan bizga cho’chitib haydash vositalari, masalan, tebranuvchi girlyandlar va bayroqchalar, osma shokilalar kirib keldi.

Hozirgi vaqtda ortik vositalarning qo’llanilishini 3 kategoriyaga bo’linadi. Birinchiga tabiiy, sof, asl qo’zg’ovchi- odam, qushlarning biotsenotik sherigi kiradi, ular uchun xafli va yaxshi tanish bo’lib hisoblanadi. Qushlarni aerodrom va muhim qishloq xo’jalik obyektlaridan cho’chitib haydash uchun miltiqli odamdan tashqari, yuqori samarali bo’lgan repellentlar, qo’lda o’rgatilgan lochin va qirg’iylardan, ba’zi mamlakatlarda itlardan keng qo’llaniladi.

Ikkinchi kategoriyaga optik vositalarga  qushlar uchun haxfli biotsenotik sheriklarning imitantlari kiradi. Qushalrni aerodromlardan cho’chitib haydash uchun, plastinkadan tayyorlangan, miniatyurali benzinli motorli va radioboshqarishga moslashgan lochinning katta maketi muvaffaqiyatli qo’llaniladi. Radioboshqariladigan samolyot modellariga yirtqich qush silueti tushiriladi va bular ham cho’chitib haydash xususiyatiga egadir. Baliq ko’paytiriladigan suv havzalaridan qarqara va burgutlarning yassi siluetlarini osib qo’yish bilan cho’chitiladi. Yirtqichlar konturini oynali ekranlariga qora rang bilan tushurilsa, uchib o’tuvchi qushlarning urilishidan saqlaydi.

Uchinchi kategoriya cho’chitib haydash vositalarining foydalanilishi qo’zg’atuvchilarni ko’rish tizimiga ta’sir etib yoqimsiz hissiyotni keltirib chiqarish yo’li bilan sensor diskomfortni yuzaga keltirishiga asoslangan. Bularga oynali yoki ko’zguli sharlar kiradi,ular sub ‘ektga osma holda o’rnatiladi,moslama quyosh nurini aks ettirish xususiyati bilan turli ravshan nurlar qushlar ko’zining to’r pardasiga kuchli ta’sir etadi, ko’zini qamashtirish orqali cho’chitadi. Agar biz qushlarning ko’rish organlarini odamlarning ko’zlariga nisbatan 8 marta o’tkirligini hisobga olsak ( Avilova, 1980) ushbu vositalarni qushlarga naqadar kuchli repellent ta’sir etishini tasavvur etishimiz mumkin. Agarda odam ko’zining 1 mm² to’r pardasida 200000 retseptorlar bo’lsa, yirtqich qushlar ko’zi to’r pardasining 1mm² da esa 1 000 000 retseptorlar borligi aniqlangan, demak retseptorlar soni 5 marta yuqori bo’ladi. ( Большая иллюстрированная энциклопедия животных и природы, М.: ,, Махаон’’ , 2006 г.).

Optik qurilma repellentdan iborat bo’lib, shar shaklida penoplastdan yoki rezinadan tayyorlanadi, sirtiga ko’zguli plastinkalar yoki ko’zgu bo’laklari yopishtiriladi. Sharga parriklar o’rnatilib, ular yorug’likning yaxshi qaytaradigan materiallardan, masalan, folga yoki lavsan plyonkalar tayyorlanadi. Tayyorlangan shar bog’lash moslamasi yordamida tirgakka birlashtirib bog’lanadi (34-rasm)

Qurilmani ishlatish uchun tirgak maxsus tayanchga yoki daraxt shoxiga mustahkam bog’lanadi.Agarda  uzumzorlar  yoki  boshoqli ekinlar hosilini saqlash ko’zda tutilsa optik repellentlarni ekinlar ustiga 0,3-0,7 m balandlikda joylashtirishi kifoya. Daraxtlar mevasini qo’riqlashda optic repellentlarni daraxt tepa shoxlari ustidan hamda shoxlari tagidan bir xil masofada  joylashtirish maqsadga muvofiq.

Aerodromlardan qushlarni haydashda optic repellentlar uchib-qo’nish yo’laklariga tutash va yaqin joylarga o’rnatiladi. Bunda albatta samolyoylarni uchib-qo’nish texnika xafsizligi inobatga olinadi.

Sharlardagi parraklar va elastik boylamaning  bo’lishligi optik repellentlar kuchsiz havo oqimlari ta’sirida har xil tomonlarga qarab aylanaverish imkonini beradi. Quyosh nurining tushishi yoki boshqa istalgan yorug’lik manbayidan,masalan,projektor   nuri ko’zguli plastinkalardan ko’p karra qaytib,kuchli yorug’lik oqimlarini hosil qiladi. Nurlarning ravshanlik darajasi har xil bo’lishligi va yo’nalishlarining doimiy o’zgarib turishligi repellentlarga qushlarni o’rganib qolishga yo’l qo’ymaydi.

Taklif qilingan qurilma ekologik toza bo’lib hisoblanadi. Undan foydalanish bog’lar,uzumzorlar va donli ekinlar pishgan hosilini iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bog’larda va uzumzorlarda qurilmaning qo’llanilishi yuqori samarali ekanligini ko’rsatdi,amaliyotchilar uchun o’zining yasalishi va qo’llanilishi nuqtayi nazaridan juda oddiyligi,arzonligi bilan shuningdek,ekologik toza usul ekanligi bilan alohida ajralib turadi va lokal maydonlarda keng qo’llanish imkoniyatlarini beradi (Djabborov,Tixonov,1985,1986).

Kimyoviy vositalar qushlarda talvasaga tushish, qusish va hokazo shakllardagi diskomfort  fe’l-atvorini keltirib chiqarish zarurati tug’ilsa foydalanish mumkin.  Chunki nochor ahvolga tushgan qushni boshqalariga namoyish etilishi,individlarni chetdan kuzatishlari, ularga kuchli repellent ta’sir ko’rsatadi. Alfa-xloralaza preparatining uncha katta bo’lmagan dozasi kuchli repellent samara beradi. Shuningdek xorijda keng tarqalgan avitrol-100 va avitrol-200 ham qushlarga tanlab ta’sir etadi.

Qushlarning fe’l-atvoriga ta’sir etuvchi kimyoviy vositalar hozirgi vaqtda boshqaruvchi stimullar arsenalida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ular ichidan eng ko’p foydalaniladigani 4-aminopiridin,metikarb,polibutilin,lindon,endrin,fentin,tiuram va boshqalari eritma shaklida purkaladi,uchinchilari yopishqoq qoplamlar tarkibiga kiritiladi. Repellent samarasining sodir bo’lishi zararlangan qush konvulsiya holatiga tushishi, qichqirishi yoki g’ayritabiiy pozada ko’rinishi  boshqa qushlar ko’z oldida o’lishi, ularda joylarda, qo’riqlanayotgan obyektga nisbatan salbi reflekslar keltirib chiqaradi( Ilichev, Bocharov, Anisimov ba b.q., 1987).

Mexanik( himoyalangan-izolyatsiyali) vositalardan ko’proq ma’lum bo’lganlari yopishqoq lentalar va qoplamalar, metallic va plastikli simcho’tka va plastic cho’tka shaklidagi moslamalar, mayda uyali osma to’rlar va b. ularning barchasi nafaqat birlamchi repellent ta’sir etishga, balki ikkilamchi kuchli ta’sirga ham ega. Binolarning karnizi bo’ylab tortilgan similar u yerdan kaptarlarni cho’chitadi, ko’l baliqchilik xo’jaliklarida suv sayoz joylarida-qarqaralar, laylaklar va boshqa baliqxo’r qushlarga qarshi yaxshi samarali ta’sir etadi. Hozirgi vaqtda sanoat miqyozida keng assortimentli yelim va yelim qoplamalarni turli tuman maqsadlar uchun ishlab chiqariladi, ularning ko’pchiligidan qushlarni cho’chitib haydovchi vosita sifatida foydalanilishi mumkin. ,, Qush yelimi’’ ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, bu repellent qush oyoqlarini yelimlanib qolishiga asoslanagan. Qush yelimini tayyorlash texnologiyasi ( qaynab turgan kungaboqar moyida kanifol eritiladi) qiyin emas. ( Ilichev, Bocharov, Anisinov va b., 1987).

Ekologik vositalardan foydalanish qushlarning muhim hayotiy omillariga , ekologiyasi, biologiyasi, ahamiyati, jumladan, zarar keltiruvchi turlar faoliyatini cheklashda uya qurish, dam olish joylari, ozuqa tarkibi va boshqalarni inobatga olishga, asoslangan. Boshqacha qilib aytganda, obyektlar qushlarni o’ziga jalb qilmasliklarga zamin yaratish lozim bo’ladi. Bunday maqsadlar uchun aerodrom ixtiyoridagi hududlarda va ayniqsa, uchish-qo’nish maydonchasi yaqinida suv va suv oldi qushlarini jalb qilmasligi uchun suvli biotoklar quritiladi, o’rmon va butazorlar qush turlarining sonini kamaytirish maqsadida daraxt va butalar kamaytiriladi, kerak bo’lgan taqdirda butunlay ulardan voz kechiladi. Dalalrda qushlarni jalb etuvchi maydonlar, o’tloqlar o’zlashtirilib, butunlay yod ekinlar ekishga ixtisodlashtiriladi yoki boshqa maqsadlarda foydalanishga yo’naltiriladi. Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda areodromning samolyotlar uchish-qo’nish maydonchasi atroflatiga mayda qora qarag’ay o’tqaziladi, natijada qushlar ularni xush ko’rmaganligidan hududni tark etadi. Aeradrom binolarining derazalari va cherdak teshiklari to’r bilan berkitilishi kaptarlar va zog’chalarni bezishiga olib keladi. Aeradrom atrofidagi joylarda axlatxonalarni yo’qotish, yuzlab, minglab baliqchi qushlar, qarg’alar, chumchuqsi monlar va boshqa qushlarning to’planishini cheklaydi. Uchish-qo’nish maydonchasiga yer ostidan yomg’ir chuvalchanglari o’rmalab chiqishlari va turli xil hashoratlar yig’ilishib qushlarni o’zlariga jalb qiladilar, bunday joylarga insektitsidlar yordamida ishlov berilishi kerak. Aerodrom hududini sog’lomlashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar, o’z ichiga qushlarni uchish-qo’nish maydonchasidan chalg’ituvchi vositalardan foydalanishni talab qiladi ( Ilichev, Bocharov, Anisimov va b., 1987)

 

Kemiruvchilar bilan material va inshootlarning zararlanishi.

 

Inson tomonidan atrof-muhitni turli maqsadlarda: yangi xududlarni opzlashtirish yopl va sug’orish tarmoqlarini, turli xopjalik obhektlarini qurish kemiruvchilarning materiallar, buyumlar va inshootlarni zararlash faoliyatini shakllantiradi. Zararlanishni faollashtirishda halq xopjaligida katta miqdordagi sintetik materiallardan keng foydalanish ham opz ta’sirini ko’rsatdi.

Materiallarni zararlashda, tirik organizmlar orasida, kemiruvchilar alohida oprin tutib, asosan zararlash noozuqa xususiyatga ega va bu ularning kemirish faolligi bilan bog’liq. Kemiruvchilar orasida materiallarni zararlaydigan ixtisoslashgan turlari yopq. Amalda ularning barchasi potentsial zararlidirlar.

Insonning xopjalik faoliyati tufayli sinantrop turlarning tarqalishi, yashash sharoitining opzgarishi, ularning inson bilan bog’liqligining va uni oprab turgan muhit bilan ishlab chiqarishni kuchayishi kemiruvchilarni yangi biotoplarini egallashiga olib keldi. Jumladan, yashash sharoitining opzgarishi, mahalliy turlar tomonidan inson inshootlarini egallab shartli yoki qisman sinantropga aylanishiga olib keladi. Masalan kulrang og’maxon junubda Ashxabat, Bishkek, Yerevan singari shaharlarda odamlarning xonadon va xopjalik binolarida uchraydi, hattoki uy sichqonlari bilan ko’p qavvatli binolarga ham oprnashib, ayrimda ularning soni sichqonlar sonidan oshib ketadi.

Turar joy va xopjalik binolariga boshqa turlarni: oprmon va dalasichqonlari, oddiy va malla sichqonlari, qizildum va qirrali qumsichqonlar va boshqalarni oprnashib olganligi ham qayd qilingan. Kannalar qurilishi va sug’oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi qurg’oqchilik xududlaridan namsevar turlarni: oddiy va suv dalasichqonlari, dalasichqonlar, ondatralar va kulrang kalamushni sug’oriladigan hududlarga kirib kelishiga imkon tug’diradi. Oxirgi vaqtlarda chorvachilik komplekslari, yuk tushirish va ortish bazalari va h. qurilishi kulrang kalamush arealining sezilarli darajada kengayishiga olib keldi.

Kemiruvchilar oziqaga qadar yetib borguncha mahsulot joylangan tara va upakovaklarni zararlaydi, omborxona, sklad, don saqlanadigan, chorvachilik binolarining pol va devorlarini kemiradi. Oziqa mahsulotlaridan tashqari kemiruvchilar skladlardagi mato, teri, oyoq kiyimlari, platmassa, mebelgp va boshqalarni ishdan chiqaradi. Kemiruvchilar tomonidan vodoprovod qoprg’oshin trubalari va alhyumin buyumlarni zararlanish hollari ham kuzatilgan. Turar joylarda va boshqa binolarda kemiruvchilar in qurish uchun qog’oz, latta, penoplast, izolyatsiya materiallari, rezina va hlardan foydalanadilar. Kemiruvchilar kabellar va elektr optqazgich simlarni zararlashi natijasida halokatga, aloqani va poezdlar harakatini izdan chiqarishga, yong’in va odamlarni qurbon boplishi singari katta talofotlarga olib keladi. D.Drammondning (1971) fikricha kemiruvchilar kabellarni zararlashi tufayli AQSH da 20% yong’inlarga sabab bopladi. Kabellarni kemiruvchilar bilan zararlanish sabablari to’g’risida unchalik mahlumot yopq. Kabellar yotqazishda yerni qazish yoki ular tishini qayrash maqsadida kabellarni zararlash ehtimoli bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi. Undan tashqari kemiruvchilarning harakatlanishiga kabelgp topsqinlik qilgani uchun ham uni kemirishi mukin.

Zararlashdan tashqari kemiruvchilar junli buyumlarni, material va mahsulotlarni ekskriment va siydigi bilan ifloslaydi. Kalamushlar qurilish materiallarini, jumladan metall qoplamali panellarni va penopolirentlar isitkichlarini zararlashi tufayli ularning teploizolyatsiyalash xususiyatini yopqotishga olib keladi. Kemiruvchilar penoplastning 30-40% xajmiga qadar teploizolyatsiya qavatini kemiradi.

Kemirish ko’pincha hayvonning kovlash faoliyati bilan bog’liq bopladi. Kanallar qirg’oqlaridagi qoplama plitalar orqasiga, topg’on va dambalarga kemiruvchilar oprnashib olib, tepaliklarga in kovlaydi, ko’pincha suv sathidan pastroqda yopllar quradi. Bu opz navbatida suvning sizishini kuchaytiradi, tuproq uyumlarini yemirilishiga, topg’onlarni oppirilishiga va hatto toshqinlarga olib kelishi mumkin. G’arbiy Yevropada irrigatsiya inshootlariga andatra jiddiy zarar keltiradi. Opzbekiston va qopshni mamlakatlarda sug’orish shaxobchalariga plastinka tishli kalamush va qumsichqonlar zarar beradilar.

Ayrim hollarda zararlash bilvosita ham boplishi mumkin. Masalan, kemiruvchilar skladlarda saqlanayotgan omborlar sirtidagi germitik plenkalarni zararlashi tufayli ularni ishdan chiqishiga sabab bopladi. Oziqa mahsulotlari upakovkasini buzmoq, mahsulotni yopq qilish bilan birga uni  ifloslashga va buzishiga olib keladi. Kalamushlar chorvachilik binolariga oprnashib devorlar va polni kemirib ko’pdan-ko’p tuynuklar ochadi. Bunday binolarda chorva mollarining oyoqlari pol teshiklariga tushishi natijasida ularning oyoqlari sinadi. Bu bilvosita zararni hamma vaqt ham pul bilan baholab boplmaydi. Zararlanish oprnini bosa olmaydigan alohida optkir qopshimcha muammo kelib chiqadi.

Tabiiy sharoitda materiallarning zararlanishi turli sabablarga kopra yuzaga kelishi mumkin (1 sxema).

Kemiruvchilar ularni oziqa yopliga, suvga, boshpana yoki in kovlashda g’ov boplganda zararlashi mumkin. Bunday zararlanishlarga taralar, vodoprovod qoprg’oshin trubasi, qurilishda qopllanadigan plintuslar, yer ostiga yotqazilgan yoki binodagi kabellarni ko’rsatish mukin. In qurishda foydalaniladigan turli-tuman materiallar ham zararlanishga sabab boplishi mumkin. Kemiruvchilar in qurish uchun, odatda yaqinida boplgan qog’oz, mato, namat, plenka va b. foydalanishi mumkin.

Kalamush (pasyuklar) oprnashib olgan temir yopl koptarmalari ochib koprilganda, ularning inida opsimlik materiallaridan tashqari qog’oz, axlatdan yig’ilgan popiros va gugurt quttisi, latta parchalari qayd qilingan (Ilgpichev i dr., 1987). Eksperiment sharoitlarda pasyuklar in qurishda odatdan tashqari materiallardan foydalanadi. Jumladan, gopsht saqlangan sovutgichda joylasha olgan kalamushlar nimtalanmagan gopshtning payidan va gopsht pardasidan in yasagan. Tajribada kemiruvchilar in qurish

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda