SITRUS VA SUBTRUPIK EKINLARNI ZARARLI XASHORATLARI

SITRUS VA SUBTRUPIK EKINLARNI ZARARLI XASHORATLARI

SITRUS VA SUBTRUPIK EKINLARNI ZARARLI XASHORATLARI Sitrus mevalariga bo‘lgan talab O‘zbekistonda kun sayin o‘sib bormoqda. 2016-yil bilan taqqoslaganda, o‘zbek limonlarining eksporti ikki baravarga oshdi va 2021-yilga kelib, 5 097 tonnani tashkil etdi. Shuningdek, mamlakatimizdagi laboratoriyalarda limon, mandarin va apelsinlarning yangi turlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan 2022-yilda sitruslarni yetishtirish uchun mo‘ljallangan umumiy maydon 4 218 gektarga yetkazilishi rejalashtirilmoqda, bu esa hozir mavjud bo‘lgan maydondan 3 baravar ko‘p. Bu boradagi boshqa ko‘plab maʼlumotlar haqida materialimizda tanishishingiz mumkin.

Apelsinning O‘zbekiston seleksiyachilari tomonidan yaratilgan “O‘zbekiston” navi, mandarinning “Toshkent” navi, shuningdek, limonning respublikamizda yetishtirilayotgan o‘nga yaqin navlari ichki  va tashqi bozorda katta shuhrat qozondi.

 

Sitruschilikni rivojlantirish istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi sitrus mevalarini yetishtirishni tashkil etishga tayyor fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun issiqxonalarda o‘rnatiladigan muqobil energiya manbasiga ega isitish uskunalarini sotib olish xarajatlarining 30 foizini qoplashga tayyor.

O‘zbekistonda limon eksporti va importi hajmi o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, agar 2016-yilda O‘zbekiston 2 431 tonna limon eksport qilgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5 097 tonnaga yetkazildi. Limon importi borasida ham o‘sish kuzatilmoqda: 2016-yilda – 64,7 tonna, 2021-yilda esa limon importi hajmi 1 099 tonnaga yetdi.

Tahlilchilar O‘zbekistonda 2022-yil yanvar oyi oxirida  mevalarning ulgurji narxlarini bir yil oldingi xuddi shu vaqtda qayd etilgan narxlar bilan solishtirishdi va  mahalliy mevalar aksariyatining narxi sezilarli darajada oshganini aniqlashdi. Shu bilan birga, sitrus va banan singari import qilinadigan mevalarning narxi tushgani maʼlum bo‘ldi. Chamasi, banan, apelsin va mandarin narxlarining pasayishi O‘zbekiston Hukumatining 2021-yil 21-oktyabrdagi bir qancha mevalarni import qilish bojini vaqtincha bekor qilish to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Natijada, 2022-yil 28-yanvar holatiga ko‘ra, apelsinning ulgurji narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga, mandarin narxi – 23 foizga arzonlashgan. Yil davomida o‘zbek so‘mi atigi 3 foiz devalvatsiya bo‘lgan. Bu bilan ichki bozordagi real narxlar bundan-da pasaygan, deb aytish mumkin.

SITRUS VA SUBTRUPIK EKINLARNI ZARARLI XASHORATLARI

+
Manba.

 

 

Boshqalar o'qimoqda