SODDA HAYVONLAR TIPI

SODDA HAYVONLAR TIPIЭтот файл можно использовать бесплатно

Sodda hayvonlar tipiga mansub barcha turlar tanasining bir hujayradan tuzilganligi va bir hujayra – mustaqil organizm bo‘lib yashashga layoqatlanaganligi bilan xarakatlanib, boshqa hamma ko‘p hujayralar hayvonlar (Metazoa)  dan  keskin farqlanadi. Ularning yagona hujayralaridagi turli organoidlarining har biri, ma’lum hayotiy funksiyani bajarib, ko‘p hujayrali hayvonlar tanasidagi organlar zimmasidagi vazifalarni o‘taydi. Uzoq davom etgan era va davrlar mobaynidagi tadrijiy takomillanish natijasida bir ho‘jayralilar o‘rtasida foraminiferalar, xivchinlilar va infuzoriyalar kabi ko‘p jihatdan murakkab tuzilgan formalar paydo bo‘lganki, shu jthatdan qaralganda, ularni “sodda hayvonlar” deb  atash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. (Shunday bo‘lsa-da mazkur tarixiy nom saqlanib qolgan).

Mana shu eng qisqa xulosalar ham bir hujayralilarni ko‘p hujayrali hayvonlar bilan, ma’lum darajada, teng-parallel holda takomillashib, turlicha hayt muhitiga layoqatlashgan xilma-xil formalar hosil etganligidan dalolat beradi.

Ko‘pchilik zoologlarning fikricha, bir ho‘jayralilar o‘rtasidagi eng qadimgi guruh-o‘simliksimon ovqatlanadigan formalarni o‘z ichiga oluvchi xivchinlilar sinfi hisoblanadi. Sarkodinalar-xivchinlilarning qadimgi avlodlaridan rivojlangan deb faraz qilinadi. Xivchinlilar va sarkodinalarga o‘xshagan turlar-xivchin va psevdopodiyalari bo‘lgan rizomastgina urug‘ining mavjudligi va sarkodinalarning jinsiy ko‘payish davrida gametalarda xivchin paydo bo‘lishi va boshqa faktlar bu fikrning dalilidir.

Sporalilar sarkodinalarning qadimgi avlodlari hisoblanadi. Knedosporidiyalar esa xivchinlilarning avlodlaridan rivojlangan deb ko‘rsatiladi. Lekin, hozirgacha infuzoriyalarning qaysi bir ho‘jayralilardan kelib chiqqanligi masalasi aniqlangan emas. Shunday bo‘lsada, bir qancha olimlar infuzoriyalar bilan ko‘p xivchinlilar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va boshqa faktlar asosida, ularni xivchinlilardan kelib chiqqan deb hisoblaydilar.

Eng sodda hayvonlar

hayvonlar kichik dunyosi. Bir hujayrali eukariot hayvonlar. Koʻpchiligining yadrosi bitta, koʻp yadroli turlari ham koʻp. Yadrosining tuzilishi eukariotlarga oʻxshash: shakli har xil.

Evolyutsiyasi davomida ayrim guruhlarida xromosomalar toʻplami yoki ular bir qismi sonining koʻp marta ortishi tufayli poligenlik kelib chiqqan. Infuzoriyalar va koʻpchilik foraminiferalar yadrosi 2 xil (yadro dualizmi): vegetativ (makronukleus) va generativ (mikronukleus) boʻlmaydi

Eng sodda hayvonlar. sistematikasi va filoginiyasi koʻp munozaralarga sabab boʻlgan. Uzoq vaqt ular bitta tipga kiritilib, 5 sinf: sarkodalilar, xivchinlilar, sporalilar, infuzoriyalar, knidosporiyalarga ajratib kelingan. Elektron mikroskop va boshqalar tadqiqot usullarining qoʻllanishi, Eng sodda hayvonlarh. hayot sikli, biokimyoviy va fiziologik xususiyatlarini oʻrganish ularning bitta umumiy plan asosida tuzilmaganligi va turli guruhlari oʻrtasida katta farq boʻlishini koʻrsatdi; ular uchun umumiy boʻlgan eukariotlik, bir hujayralilik, mik^ roskopik oʻlcham eng sodda tuzilish belgisi boʻlolmasligi aniklandi. Hozirgi Eng sodda hayvonlar h.ning bir necha sistematikasi mavjud. Koʻpchilik olimlar ularni kichik dunyo tarzida tan olishib, 5,7 yoki 9 sinfga ajratishadi. Sistematika boʻyicha Xalqaro komitet Eng sodda hayvonlarni 7 tip: sarkomastigoforalar, labirintulalar, apikomplekslar, mikrosporidlar, assetosporalilar, mikrosporidlar, infuzoriyalarga boʻlishni taklif etgan (1980). Bu tasnifni koʻpchilik tan olgan.

Eng sodda hayvonlarh. faunasi kam oʻrganilgan; 40000 ga, ayrim maʼlumotlarga koʻra 70000 ga yaqin turi maʼlum. Deyarli koʻpchiligi mikroskopik oʻlchamda, morfologik va fiziologik jihatdan har xil tuzilgan. Ular orasida eng sodda tuzilgan sarkodalilarning doimiy oziqni tutish va harakatlanish organoidlari boʻlmaydi; infuzoriyalar esa eng murakkab tuzilgan.

Ayrim parazit Eng sodda hayvonlarh.dan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon zararkunandalariga qarshi kurashda foydalanish maqsadida tadqiqot olib borilmoqda. Ularning bir qancha turlari (amyobalar, infuzoriyalar va boshqalar)dan sitologik, genetik, biofizik va boshqalar tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Eng sodda hayvonlarning tuproq mikroflorasi bilan oʻzaro murakkab taʼsiri oʻrganilmoqda; ularni nam tuproqda tuproq unumdorligini oshirishi toʻtrisida taxmin qilinadi. Mineral skeletli dengiz Eng sodda hayvonlarh.i (radiolyariyalar, foraminiferalar) qazilma qoldiqlari choʻkma jinslarni hosil qilishda ka^ta ahamiyatga ega. Hozirgi ohaktosh konlari, asosan, foraminiferalar chigʻanogʻidan iborat. Radiolyariyalarning mineral (qum) chigʻanoqlari qoldiqlaridan sanoatda metallarni silliqlashda, jilvir qogʻozlar tayyorlashda foydalaniladi. Eng sodda hayvonlarh. goʻgʻrisidagi fan protozoologiya. yaʼni protistologiya deyiladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda