SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI – REPTILIA

SUDRALIB YURUVCHILAR SINFI Этот файл можно использовать бесплатно

Sudralib yuruvchilar sinfi. Sudralib yuruvchilarning anatoma-morfologik tasnifi.

Tayanch iboralar: sudralib yuruvchilar sinfining xarakterli belgilari- terisidagi shox tangacha qalqonlar, ensa bo`rtmasi, birinchi 2 ta bo`yin umurtqasi, nafas yo`llari, ko`krak qafasi, skeleti, yuragi, arteriyalar, kovak venalar, buyragi metanefros, jinsiy bezlari, urug`lanish va ko`payishi, nerv sistemasi va sezuvchi organlari.
1.Sudralib yuruvchilar sinfining umumiy tavsifi.

Sudralib yuruvchilar- yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki amniotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo`yin bo`limi bor. Aksariyat ko`pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo`ladi. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki panser bilan qoplangan. Skeleti to`liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo`rtmasi bor.

Tana umurtqalaridan qovirg`alar chiqib, ular oldingi uchlari bilan qorin tomonda qo`shiladi va ko`krak qafasini hosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqog`ida kulrang modda bo`ladi. Nafas olish organi bo`lib umrbod o`pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko`krak qafasining kengayishi hamda torayishi natijasida yuzaga keladi. Yuraklari uch kamerali, lekin ko`pchiligining yurak qorinchasi to`liq bo`lmagan parda bilan bo`lingan bo`ladi. Vena sinus va arterial konuslar yo`q. Ajratish organi bo`lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi.

Urug`lanishi ichki, taraqqiyoti metamorfozsiz o`tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo`lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o`zgaruvchan bo`lib, tashqi muhit haroratiga bog`liq bo`ladi. Sudralib yuruvchilar sinfi hozirgi vaqtda yashayotgan reptiliyalarnung 6300 turini o`z ichiga oladi (1-rasm).
2.Teri qoplagichlari.

Sudralib yuruvchilarning tuzilishini tez kaltakesak misolida ko`rib o`tamiz.

Teri qoplagichlari amfibiyalarning teri qoplag`ichlaridan keskin farq qiladi va havo muhitida yashashga moslashgan belgilariga ega. Epidermisning tashqi qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning chakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta rol` o`ynaydi.

Kaltakesaklarning terisi tanaga butunlay yopishib turadi. Terisidan suv bug`latish reptiliyalar turiga qarab turlicha bo`ladi. Quruq, cho`l zonalarida yashovchi reptiliyalar terisi orqali suvni kam yo`qotadi. Timsohlarda esa nam yo`qotishning 75% teri orqali bo`ladi.

Terida bezlar kam rivojlangan. Kam sonli teri bezlari timsohlarda va toshbaqalarda birmuncha yaxshi rivojlangan. Kaltakesaklarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalari bo`ladi. Bu teshikchalardan urchish vaqtida ipsimon moddalar ajraladi.

Sudralib yuruvchilar (Reptelia)

— umurtqalilar sinfi. Qadimgi Sudralib yuruvchilar — kotilozavrlar oʻrta karbonda stegotsefallardan paydo boʻlgan. Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut emizuvchilar, ikkinchisidan — kushlar paydo boʻlgan. Sudralib yuruvchilar permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yuzi faunasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari boʻlgan. Eng yirik hayvonlar — dinozavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlanishi qadimgi Sudralib yuruvchilar ning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga toʻgʻri kelgan.

Hozirgi Sudralib yuruvchilar gavdasining uzunligi bir necha sm dan 10 m gacha. Skeleta deyarli toʻliq suyaklangan. Oyoqlari boshqa kuruqlikda yashovchilar singari 5 barmoqli tipda; ayrim guruhlarda oyokdar boʻlmaydi. Koʻpchilik Sudralib yuruvchilar qovurgʻalari toʻsh suyaklari bilan tutashib, koʻkrakqafasi hosil qiladi. Sudralib yuruvchilarda birinchi marta koʻkrak qafasi orqali nafas olish paydo boʻladi. Bosh miyasi sut emizuvchilar va qushlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish doirasi 2 ta, yuragi 3 kamerali, yurak qorinchasida chala parda toʻsiq boʻladi.

Faqat timsoxlar yuragi qorinchasi toʻliq 2 ga boʻlingan, yuragi 4 kamerali. Ayirish organi chanoq buyrakdan iborat; koʻpchiligida qovuq bor. Gatteriyalardan boshqa barcha Sudralib yuruvchilar erkagida kopulyativ organ bor (ilonlar va kaltakesaklarda 2 tadan). Terisi muguz tangachalar yoki qalqon bilan qoplangan (terili suv toshbaqalarida boʻlmaydi), quruq, ter bezlari boʻlmaydi yoki kam boʻladi.

Hozirgi Sudralib yuruvchilarning 8000 ga yaqin turi, Oʻzbekistonda 2 turkum (tangachalilar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan tashqari barcha kitalarda uchraydi. Koʻpchilik turlari qurukdikda, timsoxlar, bir qancha toshbaqalar va ilonlar chuchuk suvlarda, ayrim toshbaqalar, ilonlar va timsoxlar dengizda yashaydi. Tana harorati doimiy boʻlmaganidan Sudralib yuruvchilarning faol hayot kechirishi tashqi muhit harorati bilan bogʻliq. Urugʻlanishi ichki; ayrim kaltakesaklar va ilonlar partenogenez koʻpayadi. Koʻpchilik Sudralib yuruvchilar tuxum qoʻyadi; ayrim turlari tirik tugʻadi yoki tuxumdan tirik tugʻadi. Tuxumlari sariklikka boy; qattiq ohak (toshbaqalar, timsoxlar) yoki pergamentsimon poʻchoq (ilonlar, kaltakesaklar) bilan qoplangan.

Poʻchoqtuxumni qurib qolishdan saqdaydi. Inkubatsiya davri 1—2 oydan 1 yilgacha yoki koʻproq (gatteriya). Ayrim Sudralib yuruvchilar (mas, timsoxlar) nayeli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Koʻpchiligi yirtqich yoki hasharotxoʻr; ayrim kaltakesaklar (agamalar, iguanlar) hammaxoʻr; quruqlik toshbaqalari, asosan, oʻsimliklar bilan oziklanadi. Ayrim Sudralib yuruvchilar goʻshti isteʼmol qilinadi; terisi va kosasidan har xil buyumlar; ilonlar zaharidan har xil dorilar tayyorlanadi. Koʻplab ovlash tufayli toshbaqalar, koʻpchilik ilonlar va timsoxdar sonining kamayishiga olib keldi. Sudralib yuruvchilar sonini tiklash uchun ular sunʼiy koʻpaytiriladi (timsoxlar); koʻpayish joylari muhofaza qilinadi; ovlash man etiladi. 150 ga yaqin turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda