SUT EMIZUVCHILARNING TASHQI TUZILISHI

SUT EMIZUVCHILARNING TASHQI TUZILISHI

Sut emizuvchilar sinfiga umumiy tavsif

Sut emizuvchilar umurtqalilar orasida eng yuksak rivojlangan hayvonlar hisoblanadi. Sut emizuvchilarning terisi jun bilan qoplangan, teri bezlari rivojlangan, bolasini sut bilan boqadi.

Sut emizuvchilarning markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlaridan hid bilish, k rish hamda eshitish organlari yaxshi rivojiangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig’ida uchta uzangi, sandon va bolg’acha kabi eshituv suyakchalar joylashgan. Ko’pchilik sut emizuvchilarning tishlari ixtisoslashgan, bosh miya yarimsharlari po’stlog’ida juda ko’p burmalar bo’ladi. Sut emizuvchilar ham qushlar kabi yuragi to’rt kamerali hayvonlar, eng tuban tuzilgan sut emizuvchilardan boshqa barcha sutemizuvchilar tirik bola tug’adi. Embrioni ona qornida rivojlanadi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Jun shakli va vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalarga bo’linadi, Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplag’ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Tivitlar orasida uzun va yo’g’on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo’ladi. Bug’u, t ng’iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Tipratikon va jayralarning qillari o’zgarib, tikonga aylangan. Vibrissalar qo’shimcha tuyg’u vazifasini bajaradi va ko’pincha hayvonlarning bosh qisrnida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash. Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Muguz hosilalariga qoramol, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Shox epidermisdan kelib chiqqan.

     Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari

 

•      Markaziy nerv sistemasi, 1-galda miya yarim sharlarining kulrang moddasi-oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Shuning uchun sut emizuvchilarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyalari juda murakkab.

•       Tirik tug’adi va bolasini sut bilan boqadi. Shuning uchun sut emizuvchilar juda turli tuman sharoitda ko’payish imkoniga ega.

•      Termoregulyatsiyaning juda takomillashganitana temperaturasining doimiyligini ta’minlaydi. Bu bir tomondan issiqlik hosil bo’lishini tartibga solish yo’li bilan ikkinchi tomondan fizikaviy termoregulyatsiya deb ataluvchi issiqlik chiqarilishini nafas olish va terlash jarayonida teri qon aylanishini idora qiladi. Issiqlik chiqarishni regulyatsiya qilishda jun qoplami, ayrimlarida esa teri osti yog’ qatlamining ahamiyati juda katta.

 

 

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda