SUV MUHITIDA ZARARLOVCHI ORGANIZMLAR

SUV MUHITIDA ZARARLOVCHI ORGANIZMLAR

Hayvonlar nafaqat о‘z uylarida yashirinadi, balki uyalaridan avlodini muhofaza qilishda ham foydalanadi. Ular jinsiy mahsuldorligi past bо‘lgan taqdirda ham populyatsiyasini saqlab qoladi. Litoral zonada parmalovchilar uyalari dengiz tо‘lqinlaridan va qurishdan saqlanadi. Biroq parmalashning salbiy tomoni ham mavjud: ortiqcha erkin harakatlanish munosib substratlarni topish murakkabligi, yо‘llari suv о‘tlari va hayvonlar bilan qoplanishi xavfi mavjud.

Dengiz parmalovchilari – yog‘och qurtlari.  Ma’lumki, О‘zbekiston hududida parmalovchilar va yog‘och qurtlari uchramaydi, biroq Markaziy Osiyo g‘arbida joylashgan Kaspiy dengizining Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) viloyatida, ya’ni Turkmanistonga qarashli suvlarda ushbu organizmlar kirib kelishi ehtimolini inobatga olib, quyida ular xususida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz.

Yog‘och qurtlari yuqori kengliklardan tashqari, deyarli barcha dengiz va okeanlarda uchraydi. Ularning bir oz turlari, masalan Nausitora Avstraliyaning chuchuk suvlarida yashaydi. Issiq dengizlarda ular haqiqiy ofatdir, AQShda ular har yili 200 000 000 dollardan ortiq zarar keltiradilar.

Umuman yog‘och qurtlari zarari xususida juda qadim zamonlardan beri ma’lumotlar mavjud. Masalan Marko Polo davrida arablar yog‘och qurtidan qutilish uchun kemalarning ostini ustma-ust bir necha qator taxtalar bilan qoplashgan. 1200 yilda krestonosetslar flotining kemalar tо‘dasi «kema qurti» – teredo bilan qattiq shikastlanganligi ma’lum. Keyingi davrlarda yog‘och parmalovchilarning, jumladan rus dengizlarida ham zarari tо‘g‘risida yuzlab eslatmalar uchraydi. Qadimgi teredoni “dengiz suvchilarining vahimasi” deb yuritilgan. Shunday bо‘lsada ular ba’zan ijobiy rol о‘ynagan. Masalan, fransuzlar va inglizlar 1854-1855 yillarda, Sevestopolni qamal qilganda, ularning kemalari yog‘och qurtlaridan qattiq zararlangan.

Adabiyotlarda keltirilishicha (Ilichev i dr., 1987) Rossiyada noma’lum muallif bundan qariyb 270 yil oldin yog‘och qurtlari xususida ma’lumot bergan. Bu ish «Dengiz chuvalchanglari xususida» deb atalgan va unda teredoning rasmi va ta’rifi, zarari va unga qarshi kurash choralari keltirilgan. Keyinchalik u xususida  1752 yilda M. V. Lomonosov “Dengiz chuvalchanglari loyihasi tо‘g‘risida axborot” nashr qilgan va bu sohada S. Pallas (1775, 1801) va boshqa olimlar ish olib borgan.

Bu borada rejali ishlar о‘tgan asrning 30 yillarida A. Zenkevich (1934) rahbarligida olib borildi.

  1. A. Bulatov (1932, 1941), P. K. Bojich (1939), P. I. Ryabchikov (1957) va uning hamkasblari R. K. Pasternak (1957, 1960) lar yog‘och qurtlari xususida kо‘p ishlarni bajargan.

Dengiz parmalovchilariga birinchi о‘rinda dengizlarning turli rayonlarida  yashovchi ikki pallali mollyusklarning Teredinidae va Pholadidae oilalarining turlari mansubdir (64 rasm, A, B). Ular asosan tropik viloyatlarda kо‘proq uchraydi.

Bugungi kunda biozararlanishga qarshi asosiy kurash sterategiyasi material va buyumlarni lokal himoya qilishdir. Shunga kо‘ra  dastlabki etaplarda muammo alohida tor yо‘nalishlarda rivojlanib, deyarli bir-biri bilan bog‘lanmagan edi. Hozirgi davrda alohida yо‘nalishlar orasida aloqa bir muncha yо‘lga qо‘yildi. Biologik, kimyoviy va texnik kabi partnerlar (raqiblar) orasidagi aloqa biozararlanish muammolarini yechishda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular biozararlanishni  inventarizatsiya va boshqa masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadilar.

Material va buyumlarning biozararlovchi agentlarini inventrizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar, zararlanish obyektlari  hamda himoya usullari kiritilgan biozararlanish katalogini tuzish yangi biotsidli materiallar ishlab chiqarishda istiqbolli bashorat va tadbirlar dasturlarini yaratish uchun nihoyatda zarurdir.

Biozararlanishni aniqlash va katalogizatsiya qilish, nafaqat material va buyumlarga hujum qiluvchi tirik organizmlarning turli-tumanligi vaholanki biozararlash agentlar doirasining kengayib borishi bilan ham murakkablashadi. Yangi materiallar va biosfera yangi himoya vosita va formalaridan foydalanadi.

Bugungi kunda biozararlanishlar tо‘g‘risidagi bilimlar tirik organizmlar, materiallar va mahsulotlar tuproq, suv va yer usti muhitlari sharoitidagi “tо‘qnashuvli” о‘zaro munosabatlarining murakkab mozaikasini eslatadi. Biozararlanishlar bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik vaziyatlarining bahosi va analizi mozaika barcha yacheykalarini saralash yо‘li bilan amalga oshira olmaydi. Bu masalani, hech bо‘lmaganda kо‘zga kо‘rinadigan vaqtda, bajarilmaydigan qiladi. Jonivorlar, о‘simliklar va mikroorganizmlarni turli xil guruhlarda, materiallar va mahsulotlarning turli darajalarida, ularning bir biri bilan о‘zaro munosabatlarida biozararlanish xususiyatlari namoyon bо‘lishiga о‘xshash, parallel xosiyatlarni izlash kerak.

++
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda