SUVDA VA QURUQDA YASHOVCHILAR YOKI AMFIBIYALAR

SUVDA VA QURUQDA YASHOVCHILAR YOKI AMFIBIYALAR

Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli (poykiloterm) hayvonlar bo’lib bularning gavda temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Yana bularning xayoti atrofidagi muxitning namligiga xam bog’liq bo’ladi.

Amfibiyalarning yashash joylari ancha xilma-xildir, lekin ko’pchiligi nam joylarda yashasa, boshqa, birlari butun umrini suvda o’tkazadi. Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida xayot kechiradi. Bolqon proteyi qorong’i g’or suvlarida yashaydi.

Amfibiyalar sovuq qonli bo’ganligi sababli tashqi muxit temperaturasi +100 C bo’lganda aktivligi susayadi. +5 +7C da karaxt bo’lib qoladi temperatura -26 bo’lsa, bular o’ladi. Shuning uchun xam amfibiyalar asosan ekvatorda tarqalib, qutblarga borgan sari turlar soni keskin kamayadi. Bundan tashqari amfibiyalar nam iqlimda va sho’r suvda yashay olmaydi.

Teri orqali nafas olish ular hayotida katta ahamyatga ega, chunki teri orqali nafas olish ularda qo’shimcha nafas olish organi bo’lishi bilan bir qatorda, ba’zan yetilmagan o’pka orqali nafas olishning o’rnini ham bosadi.

Teri ustidagi namlikning bug’lanishi gavda haroratini doimo pasayib turishiga sabab bo’ladi, shunga ko’ra havo qancha quruq bo’lsa, gavda harorati shuncha pastga tushadi.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning gavda harorati havo namligiga bog’liq bo’lishligi bilan birga, ularning harorati xuddi baliq yoki sudralib yuruvchilarning gavda harorati singari, tashqi muhit harorati bilan baravar bo’libgina qolmay, balki bug’lanish natijasida odatda tashqi muhit haroratidan 2-3 °S past bo’ladi, bu tafovut havo juda quruq bo’lganda 8-9°S gacha ham borishi mumkin.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar ko’p jihatdan namlik va temperaturaga bog’liq bo’lganligi uchun ular sahrolarda va qutb tomonlarda deyarli uchramaydi, ya’ni tropikdan shimolga va janubga hamda toqqa qarab ko’tarilib borgan sari amfibiyalarning turlari va sonlari kamayib boradi. Masalan: qutb doirasida faqat o’tloq baqasi, o’tkir tumshuqli baqa va sibir to’rt barmoqli tritoni tarqalgan, aksincha ekvator tomonda ularning turlari borgan sayin ko’payadi va nam hamda issiq tropik o’rmonlarda nihoyatda ko’p bo’ladi. Namlik ko’p bo’lgan Kavkazda amfibiyalarning 12 ta turi uchrasa, territoriyasi 6 baravar katta bo’lgan O’rta Osiyoda bu sinfning 3 ta turi, ya’ni ko’l baqasi, yashil qurbaqa va O’rta Osiyo qurbakasi uchraydi.

Amfibiyalar yashash muhitiga qarab 4 ta ekologik guruhga bo’linadi.

1. Faqat suvda yashaydigan amfibiyalar. Bu guruhga kiruvchi amfibiyalar quruqlikka chiqmay, faqat suvda yashaydi. Bularga dumli amfibiyalardan proteylar, sirenlar, ayrim tur amfiumalar, dumsiz amfibiyalardan Afrika shportsli (tepkili) baqasi kiradi.

2. Hayotini bir qismini suvda va bir qismini quruqlikda o’tkazuvchi amfibiyalar. Bu guruhga ko’pchilik dumsiz amfibiyalar vakillari kiradi. Ular ko’payish davrini va qishki uyqusini suvda o’tkazadi. Ko’l baqasi suvdan tashqarida uchrasa ham, lekin suv bo’yidan uzoqqa ketmaydi, quruqlikda biror havf sezilsa, darxol suvga tushadi. Hayotining aksariyat qismini quruqlikda o’tkazadigan qurbaqalar, olovli va kavkaz salamandrlari ham faqat suvda urchiydi va rivojlanadi.

3. Daraxtda yashovchi amfibiyalar. Dumsiz amfibiyalar turkumi orasida tropik o’rmonlarda daraxtda yashashga moslashgan turlari ham mavjud. Ular o’z tuxumlarini suvga, yirik barg ustiga, daraxt ildiziga qo’yib, shu yerda ko’payadi. Umuman daraxtda yashaydigan amfibiyalarning hayot sharoiti ham har xildir. Masalan: kvakshalar umrining ko’p qismini daraxtda o’tkazadi, lekin ularning ko’payishi, urchishi yerda va suvda o’tadi.

Daraxtda yashaydigan amfibiyalar turli moslanish belgilariga ega. Kvakshalar barmoqlarida joylashgan bezlar ishlab chiqaradigan shilimshiq moddasi va so’rg’ichlari yordamida daraxtlarda o’rmalab yuradi. Ba’zi turlarining shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlari qorin terisida joylashgan. Fillomeduzalar barmoqlari yordamida daraxt butoqlarini mahkam tutib turadi. Mana shunday barmoqlari bilan mahkam daraxtlarni ushlab olgan dumsiz amfibiyani osonlikcha, ularning barmoqlariga shikast yetkazmasdan daraxtdan ajratib olish qiyin.

Yava uchuvchi baqaning uzun barmoqlari orasida pardalari bo’lib, bu pardali barmoqlari yordamida ular bir daraxtdan ikkinchi daraxtga 10-15 m ga sakraydi. Bu baqalarning uzunligi bor-yo’g’i 7 sm kelsada, lekin barmoqlari orasidagi masofa 20 sm2 gacha boradi.

4. Yer ostida yashovchi amfibiyalar, ya’ni kovlovchi amfibiyalar. Bu guruhga barcha oyoqsiz amfibiyalar vakillari kiradi. Ular umrini ko’p qismini yerni kovlab, yer ostida o’tkazadi, kunduzi deyarli yer ustiga chiqmaydi. Dumsiz amfibiyalardan chesnochnitsa ham yerni chuqur kavlab, tuproqda hayot kechiradi. Lekin, dumsiz amfibiyalar uchun tuproq ostida yashash vaqtinchalik. Oyoqsiz amfibiyalar vakillari uchun esa tuproq asosiy yashash muhiti hisoblanadi.

Amfibiyalar turli tabiiy muhitda yashasada, lekin ularning tarqalishi yillik haroratning birmuncha yuqori bo’lishi, suv havzalarining mavjudligi, havoning namligi, suv va tuproqning kimyoviy tarkibiga bog’liq.

Issiqlik amfibiyalarning yashashi uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Harorat +7, +8°C bo’lganda ko’pchilik amfibiyalar passiv hayot kechiradi, karaxt bo’lib qoladi, harorat -2°C bo’lganda ularning ko’pchiligi halok bo’ladi. Past haroratda amfibiyalarning tuxumlari va lichinkalari rivojlanmaydi. Shuning uchun ham amfibiyalarning turlari tropik mintaqalarda xilma-xil bo’lib, shimolga yaqinlashgan sari ularning turlari kamayib boradi. Quruq issiq ham amfibiyalarning yashashiga to’sqinlik qiladi. Chunki quruq issiq havo ularning yupqa terisini quritib qo’yadi, ya’ni yupqa terili amfibiyalarning bunday issiqda gavdalari bug’lanib ko’p namlik yo’qotadi. P.V.Terentevning ko’rsatishicha (1950), agar amfibiyalar terisi ko’p bug’lanib tez qurib qolsa, ya’ni 15% tana og’irligini yo’qotsa halok bo’ladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda