SUYAKLI BALIQLAR SINFI

Этот файл можно использовать бесплатно

SUYAKLI BALIQLAR SINFI

Suyakli baliqlar (Osteichthyes) — umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan maʼlum. Uz. 0,7—1,1 sm dan 5—7 m gacha, baʼzan undan koʻproq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, baʼzi turlarida togʻaydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum boʻlaklarini togʻay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari toʻsiq bilan boʻlinmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yoʻqolib ketgan. Urugʻlanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suvning chiqarilishi orqali amalga oshadi. Dengiz Suyakli baliqlarda bu jarayon buyrak va jabralar orqali amalga oshadi. Osmoregulyasiya jarayonining keng diapozonga ega boʻlishi tufayli Suyakli baliqlar har xil shoʻrlangan suvlarda yashay oladi. Oʻtkinchi baliqlar dengizdan chuchuk suvga, chuchuk suvdan dengizga oʻtishi mumkin.

Suyakli  baliqlar  sinfi  sistematikasi
Suyakli  baliqlar  sinfini  sistem aga  solish  ancha  qiyin,  shu  sababli
hozirgi kunga  qadar bu m asalada  olimlar o’rtasida umumiy fikr yo’q.
S.P.  Naumovning  “Umurtqali hayvonlar zoologiyasi”  (1995)  darsligida
keltirilgan sistematikaga ko ‘ra suyakli baliqlar sinfi to’rtta kenja sinfga
bo’linadi:  1.  T o g ‘ay —suyakli baliqlar;  2.  Shu’la  qanotlilar;  3.  Ikki  xil
nafas oluvchilar;  4.  Panja qanotli baliqlar.
Tog’ay-suyakli baliqlar (Chondrostei) kenja sinfi o’z ichiga faqat
Osyotrsimonlar (Acipenseriformes) turkumini oladi. Tashqi k o ’rinishiga
ko’ra osyotrsimon baliqlar akulalarga ancha o’xshab ketadi. Boshining
uchida qazg’ichi  (rostrumi) bor,  uning tagida og’iz teshigi ko ‘n d alan g
bo’lib joylashadi. Dum suzgich qanoti geteroserkal tipda. Juft suzgich
qanotlari  tanaga  nisbatan  gorizontal  joylashadi.  Tangachalari  o’ziga
xos  bo’lib,  k atta —k atta  suyak  bo’rtm alaridan  iborat.  Bu  bo’rtm alar
gavdasi bo’ylab 5 qator bo’lib joylashadi.
O ‘q skeletining asosini biriktiruvchi to’qim a pardasi bilan o’ralgan
xorda ham da ustki va ostki um urtqa yoylari tashkil qiladi.  M iya qutisi
asosan tog’aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog’i, bosh skeletining
yoy  tomonlari  va  tagi  qoplovchi  suyaklardan  iborat.  Ichagida  spiral
klapani, yuragida arterial konusi bor.
Osyotrsimonlaming  turlari  uncha  ko ‘p   emas,  ulam ing  ham m asi
shimoliy yarim shardayashaydi. Bu turkum ikkita oilani o’z ichiga oladi.
Osyotrlar oilasiga Qora, Kaspiy dengizlarida yashaydigan m s osyotri
va  sevryuga,  Pechora,  Kalim  daryolaridan  to  Shimoliy  M uz  okeani
qirg’oqlarigacha uchraydigan Sibir osyotri, Amur daryosida yashovchi
Amur osyotri,  Uzoq  Sharq belugasi va  boshqalar  kiradi.  O ‘rta  Osiyo
daryolarida  yashaydigan  g’alati  filbo’yinlar ham   shu  oilaga  mansub.
Kurak  burunlar  oilasi  uzun  va  uchi  keng  rostmmi,  yalang’och  terisi
bilan  ajralib  turadi.  Bular  Shimoliy  Amrikada  va  Janubi — Sharqiy
Osiyoda tarqalgan  (29  —rasm).
Osyotrsimon baliqlar m uhim  aham iyatga  ega bo’lib,  ulardan ju d a
qimmatbaho go’sht va qora ikra olinadi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda