TEXNIK EKINLARNI ZARARLI XASHORATLARI

TEXNIK EKINLARNI ZARARLI XASHORATLARI

Tabiatda juda ko‘p hasharotlar va kemiruvchilarning oshqozonida juda ko‘plab bakteriyalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi saprofit ya’ni ziyon keltirmaydigan bakteriyalar balki hasharotlar va kemiruvchi zararkunandalar uchun zarur bakteriyalardir, ularning ayrimlarigina hasharotlar va kemiruvchi zararkunandalarda bakteriya kasalliklarni tarqatadi.

Tabiatda hasharotlarning va kemiruvchi zararkunandalarning bakterial kasalliklari borligini 1897 yilda Rus olimi I.I.Mechnikov tomonidan birinchi bo‘lib aniqlandi. U bug‘doy qo‘ng‘izi qurtida kasallik tarqatuvchi basillius sometarius mavjudligi haqida yoegan.

Xuddi shuningdek, Lun Paster keyinrok ipak qurtida bakterial kasallik borligi haqida ma’lumot tarqatadi. Keyinchalik dunyoning ko‘plab mamlakatlari olimlari tomonidan kemiruvchi zararkunandalarda kasallik tarqatuvchi bakteriyalar soni 100 dan ortiq zkanligini aniqladilar. Hozirgi paytda bu bakteriyalardan zaiodlarda biologik preparatlar tayyorlashda keng foydalanilayotir.

Hasharotlarda kasallik tarqatuvchi bakteriyalarning morfologik tuzilishi va xususiyati yetarlicha aniq bo‘lmaganligi sababli bu bakteriyalarning klassifikasiyasi to‘liq yaratilgani yo‘q.

Bakteriyalarning hasharotlar va kemiruvchi zararkunadalarda kasallik tarqatish xususiyati va sharoitiga qarab ularni 4 guruhga bo‘lish mumkin:

1.Obligat kasallik tarqatuvchi bakteriyalar-patogenlar

2.Spora hosil qiluvchi kasallik tarqatuvchi bakteriyalar

3.Fakultativ kasallik tarqatuvchi bakteriyalar

4.Potensial kasallik tarqatuvchi bakteriyalardir.

Hasharotlar va kemiruvchi zararkunandalarda bakterial kasallikni tarqatuvchi bakteriyalar hamda Rikketsiyalar turkumi aniqlandi va ular ustida ayniqsa rikketsiyalar ustida ko‘plab ilmiy ishlar olib borilmokda. Shunday qilib hasharotlarda kasallik tarqatuvchi bakteriyalar asosan eubakteriyalar va Rikketsiyalarga bo‘linadi.

Eubakteriyalar turkumidagi bakteriyalar uch avlodga bo‘linadi:

A) Pseidomonadlarga,

b) Enterobaktervasiyalarga, i)

Basillvasiyalarga bo‘linadi.

Pseidomonadlar tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lib bu oila tarkibiga tayoqchasimon xivchinli, spora hosil qilmaydigan bakteriyalardir.Bu bakteriyalarning ko‘pchiligi organiq substratlarda, ayrim turlari esa mineral muhitda rivojlanadi.

Pseidomonadlar avlodiga pseidomonas azroginoza, pseudomonas, xlororapis, pseidomonas fluoresseno kabi kasallik tarqatuvchi turlar kiradi.

Oshqozon bakteriyalari avlodi, bu avlod tayoqchasimon anaerob va aerob sharoitida yashovchi xivchinli bakteriyalar bo‘lib, spora hosil qilmaydi, oddiy muhitda yaxshi rivojlanadi. Bu avlod tarkibiga 12 turdagi bakteriyalar kiradi, bo‘lar ichida saprofitlar ham uchraydi. Shu bilan birga oblegat va fakultativ kasallik tarqatuvchi manbaalar mavjuddir.

Fakultativ kasallik tarqatuvchi bakteriyalarga seoratiyalar kiradi, Bu bakteriyalar boshqalardan konsimon qizil pigment-prodiogizin ajratishi bilan farq qiladi.

Obligat kasallik tarqatuvchi bakteriyalar turkumiga salmonellalar kiradi. Salmonellarning salmonell entritidia turi hasharotlarda va kemiruvchi zararkunandalarda qorin tifini tarqatadi. Shuning uchun ham bu bakteriyadan sichqon va kalamushlarga qarshi kurashda ishlatiladigan bakteriodensid biologik preparatini ishlab chiqariladi.

Spora hosil qiladigan Basilla avlodi, bu avlodga issiqlikka chidamli endosporalardan tashkil topgan bakteriyalar kiradi.

Bu bakteriyalar ichida biologik usul uchun eng foydalisi basillius va klostridium hisoblaadi. Basillius turkumiga aerob sharoitida yashaydigan tayoqchasimon bakteriyalar kiradi.

Kristall shaklidagi bakteriyalar turkumiga basillius tyuringiyenzis kiradi. Bu bakteriyalardan kemiruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladigan biologik preparatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Klostridium turkumiga mansub bakteriyalarga havosiz-anaerob sharoitida yashovchi oblegat, spora hosil qiluvchi bakteriyalar kiradi. Bu bakteriyalarning basillalardan farqi shundaki, klostridium bakteriyalari spora hosil qilayotganida hujayralari yo‘g‘onlashadi. Bu bakteriyalar bilan zararlangan kemiruvchi zararkunandalar sekinlik bilan kurib boradi va mum shakliga aylanadi.

Rikketsiya turkumiga mansub bo‘lgan rikketsiya pillip bakteriyasi kemiruvchi zararkunandalarning hujayra to‘qimalaridagi yog‘ qatlamlarida rivojlanadi, sporalari bo‘linishi yo‘li bilan ko‘payib zararkunandalarni uldirishga olib keladi. Yuqoridagi bakteriyalar turkumi qishloq xo‘jaligi ekinlarining kemiruvchi zararkunandalari tanasida ko‘payib, turli xildagi bakterial kasalliklarni tarqatadi va ularni tabiatdagi sonini keskin kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga bu bakteriyalar yordamida tarqalgan kasalliklar tufayli ko‘plab zararkunandalar qirilib ketadi bu tabiiy munozanatni saqlashda alohida ahamityatga ega bo‘lib, biologik usul uchun o‘ta muhimdir.

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda