TO’LIQ O’ZGARISH BILAN RIVOJLANADIGAN HASHAROTLAR QATTIQ QANOTLILAR TURKUMI

TO'LIQ O'ZGARISH BILAN RIVOJLANADIGAN HASHAROTLAR QATTIQ QANOTLILAR TURKUMI

Kapalaklar gul nektari bilan oziqlanadi. Buning uchun ular xartumini to‘g‘rilab,
gul ichiga suqadi va nektarini so‘rib oladi. Kapalaklar chuvalchang-
simon lichinkasining tanasi bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib, qurt deb
ataladi. Og‘iz organlari ham kapalaknikidan farq qilib, qattiq oziqni
kemirishga moslashgan. Qurtning ko‘krak bo‘limida 3 juft haqiqiy
oyoqlar, qorin bo‘limida 5 juft soxta oyoqlar bo‘ladi. Soxta oyoqlar
yo‘g‘on, bo‘g‘imlarga bo‘linmaganligi va tovon qismida mayda il-
moqchalarning bo‘lishi bilan ko‘krak oyoqlardan farq qiladi. Qurt-
lar soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi; ko‘krak oyoqlari bilan
oziqni ushlab turadi.
Karam kapalagi. Karam kapalagining qurti karam, sholg‘om, turp,
achambiti kabi karamdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning bargi
bilan oziqlanadi. Uning qanotlari oq rangda bo‘lganidan oq kapalak
ham deyiladi. Oldingi qanotlarining chetki qismida katta qora dog‘i
bo‘ladi (47-rasmga qarang). Kapalak qo‘nganida qanotlari tanasi us-
tida tik bo‘lib taxlanadi. Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg‘ish
rangda bo‘lganidan uni barglar orasida sezish qiyin.
Karam kapalagi tuxumlarini o‘simlik bargi ostiga qo‘yadi. Tu-
xumlardan chiqqan yosh qurtlar dastlab sariq rangda bo‘ladi, ke-
yinchalik rivojlanib, ko‘k-yashil rangga kiradi. Ularning orqa va yon
tomonida bir necha qator sariq va qora dog‘lari bo‘ladi. Qurtlar
po‘st tashlab rivojlanadi. Yetilgan qurtlar daraxtlar yoki devorlarga
chiqib olib, g‘umbakka aylanadi. G‘umbakdan chiqqan kapalaklar
bir necha soatdan so‘ng ucha boshlaydi.
Tut iðak qurti. Odamlar qadimdan hasharotlarning hayoti bilan
tanish bo‘lganlar. Ularni, ayniqsa, kapalak qurtlarining pilla o‘rashi
qiziqtirgan. Tut iðak qurti eng qadimgi xonakilashtirilgan hasharot
hisoblanadi. Uning asl vatani Himolay bo‘lib, bundan 5 000 yil
ilgari xitoyliklar boqa boshlashgan. Hozir iðak qurti Yaponiya, Xi-
toy, Braziliya, O‘rta Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Yevropa
va Kavkazda boqiladi.
Iðak qurti kapalagining uzunligi 4–6 sm, qanotlari oqish tus-
da (50-rasm). Kapalak xonakilashtirish tufayli uchish qobiliyati-
ni yo‘qotgan. Erkak kapalaklar urg‘ochilariga nisbatan xiðcharoq,
mo‘ylovlari patsimon va uzun bo‘ladi. Kapalaklar oziqlanmaydi,
urug‘lanib tuxum qo‘ygandan keyin halok bo‘ladi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda