TO’LIQ O’ZGARISH BILAN RIVOJLANUVCHI HASHAROTLAR
Этот файл можно использовать бесплатно
TO’LIQ O’ZGARISH BILAN RIVOJLANUVCHI HASHAROTLAR haqida.
kapalaklar, burgalar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumdan chiqqan
lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o‘xshamaydi.
Bunday lichinkalar chuvalchangsimon shaklda bo‘lib, qurt deyiladi. Hasharotlar
qurtining tanasi chuvalchanglarga o‘xshash halqalardan iborat; oyo‘qlari kalta, og‘iz
organlari ko‘pincha kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko‘zlari faqat yorug‘ni farqlash
uchun xizmat qiladi. Rivojlanish davrida qurt faol harakat qiladi va oziqlanadi; bir
necha marta tullab g‘umbakka aylanadi. G’umbak hasharotning tinim davri
hisoblanadi. Bu davrda lichinkalik organlar qayta tuziladi. Odatda, g‘umbak
harakatsiz bo‘lib, oziqlanmaydi. Ayrim kapalaklarning g‘umbagi pilla ichida
bo‘ladi. G’umbakning qayta tuzilishi tamom bo‘lganidan so‘ng g‘umbak qobig‘i
yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Bu to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish,
ya’ni metamorfoz deyiladi. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning
qurtlari 4 xil (bosh va oyo‘qli, qorin oyo‘qli, oyo‘qsiz, boshsiz va oyo‘qsiz) tipda
tuzilgan. Bosh va oyoqli qurtlarning boshi yaxshi rivojlangan, ko‘kragida 3 juft
oyo‘qlari bo‘ladi (masalan, qo‘ng‘izlar). Qorin oyoqli qurtlarning ham boshi yaxshi
rivojlangan, qorin qismida oyo‘qlari bor (kapalaklar). Oyoqsiz qurtlarning boshi
rivojlangan, lekin oyo‘qlari bo‘lmaydi (arilar). Boshsiz va oyoqsiz qurtlarning boshi
va oyo‘qlari bo‘lmaydi (pashshalar, so‘nalar).
G’umbak xillari. Hasharotlar g‘umbaklari erkin harakatchan ochiq, erkin,
qisman harakatchan yopiq va harakatchan bochkasimon aniq shaklga ega bo‘lmagan
xillarga ajratiladi. Erkin harakatchan ochiq g‘umbaklarda voyaga etgan
hasharotlarga xos belgilar (oyo‘q, qanot, mo‘ylov, og‘iz organlari, ko‘zlar) yaxshi
ko‘zga tashlanadi (buloqchilar, chivinlar, suvda yashovchi to‘rqanotlilar, ayrim
qo‘ng‘izlar). Erkin, qisman harakatchan yopiq g‘umbaklarning xitin bilan
qoplangan va tanaga zich yopishgan boshlang‘ich qanotlari va oyoqlari ko‘rinib
turadi (kapalaklar). Bunday g‘umbaklar tanasini biroz qimirlatishi mumkin.
Kapalaklarning pilla ichida rivojlanadigan yopiq g‘umbaklarida voyaga yetgan
hasharotlarga xos belgilar ko‘rinmaydi. Bochkasimon boshsiz, oyoqsiz harakatchan
g‘umbaklarda (pashshalar) oxirgi lichinka po‘sti saqlanib qoladi.
Hasharotlarning tuxumdan chiqib, tuxum qo‘ya boshlaguncha rivojlanish
davri generatsiya deyiladi. Bitta generatsiy bir necha kundan bir necha yilgacha
rivojlanadi. Uy pashshasi bitta generatsiyasi 14-33 kun, drozofila pashshasininiki 8-
12 kun, may qo‘ng‘iziniki 4-5 yil davom etadi. Generatsiyasi uzoq davom etadigan
may qo‘ng‘izi voyaga yetgan davrida bir oy yashaydi. Hasharotlar juda serpusht
bo‘ladi. Kapalaklar 100-2500, qo‘ng‘izlar 50-6000, ona asalari 1,5 mln gacha, ona
termit yil davomida 30000 dan bir necha milliongacha tuxum qo‘yadi.