UMRTQALILAR YOKI BOSH SKELETLILAR

UMRTQALILAR YOKI BOSH SKELETLILAR

Daslabki ikki sinfga suvda yashovchi hayvonlar kiradi, qolganlari xammasi quruqlikda yashaydi. Biz umrtqalilarning asosiy xususiyatlari bilan tanishamiz.

Gavdasining shakli – umrtqalilar gavdasi juda xam turli tuman. Suvda yashaydigan tuban formalarini gavdasi tipik uzunchoq, gavda faqat uch bo’limga – bosh (caput) tana (corpus) dum (sauda) va suzgich qanotlarni ko’rish mumkin. Quruqlikda yashovchilarida esa to’rtinchi bo’lim bo’yin (collum) hosil bo’ladi. Ularda qo’l oyoqlarni paydo bo’lishi quruqlikda yurishiga xizmat qiladi.

Tashqi qatlam (terisi) – bajaradigan funkstiyasi jixatidan eng muhim organdir. Teri o’z ostidagi organlarni mexanik shikastlardan, suvni ortiqcha yo’qotishdan, kuchli yorulikni zararli ta’siridan, suvni ortiqcha yo’qotishdan, moddalar almashinuvida (nafas olish, ayrish) sezishda qatnashadi.

Teri ikki qismdan: Epidermis (tashqi) Korium (chin teri).

Terining ikkala qatlami xar xil skelet tuzilmalarini: korium-tuban baliqlarining plakoid tangachasi bilan uning hosilasini, tishlarni, teri suyaklarini va yuqori tuzilgan baliqlarning suyak tangachalarini: epidermis-sudralib yuruvchilarning shox tangachalari va uning hosilalarini – qushlarning patlarini va sut emizuvchilarning jun va sochlarini hosil qiladi. Bundan tashqari, epidermisdon teri bezlari paydo bo’ladi.

Skeleti – uchga: o’q skelet, bosh skelet va oyoq skeletlariga bo’linadi.

Nerv sistemasi – umrtqalilarning nerv sistemasi orqa miya va bosh miyadan iborat markaziy nerv sistemasiga va shu markaziy nerv sistemasidan chiqadigan bir talay periferik nervlarga hamda simpatik nerv sistemasiga bo’linadi.

Teri sezuv organlari – umrtqalilarda mexanik te’sirlarni qabul qiladigan eng sodda sezuv organlari erkin holdagi nerv uchlaridan iborat. Ular terining butun yuzasiga ham, ichak va boshqa organlarning shilimshiq yuzasiga ham tarqalgan.

Eshituv organi – muvozanat organi ham bo’lib hizmat qiladi va hamisha bir juft bo’ladi. Quloq – ichki quloq, o’rta quloq yoki noora pardadan borat.

Bundan tashqari sut emizuvchilarda quloqning uchinchi bo’limi tashqi quloq va eshituv yo’li xam qo’shiladi.

Qo’ruv organ – bir juft ko’z soqqasidan iborat bo’ladi. Ko’z – shox parda, ko’z gavxari tomirli parda, pigmentli parda, ko’z qorachiidan iborat.

Hid bilish organi – to’garak oizlilardan tashqari, barcha umrtqalilardan juft bo’ladi. Bu organ sodda holda ikkita hid bilish xaltachasidan iborat bo’lib, ichki devori talay burmalar hosil qiladigan parda bilan qoplangan.

Hazm qilish organlari – hazm nayi bilan-jigar va oshqozon osti bezidan iborat. Hazm nayi – oiz bo’shlii, halqum, qizilo’ngach, oshqozon, ichakka bo’linadi.

Nafas olish organlari – suvda yashovchi umrtqalilarning nafas olish organlari jabra (branchioe) dan iborat. Quruqda yashovchi umrtqalilarning nafas organlari o’pka (pulmones),  o’pka ba’zi baliqlarda ham bo’ladi. Eng sodda o’pka qorin tomonidan halqumga tutashib turadigan, yupqa devori bo’lgan mayda katakchali bir judat xaltachadan iborat.

Qon aylanish sistemasi – umrtqalilarning qon aylanish sistemasi hamma vaqt tutash bo’ladigan chin qon aylanish sistemasidan va tutashmas limfa sistemasidan iborat. Chin qon aylanish sistemasida qon  – oq va qizil tanalari qalqib yuradigan suyuqlik (qon plazmasi) qonda (gemoglobin) qizil rang  beradi. Qon tomirlari  – qonning qaysi tomonga oqishiga qarab arteriyalar va venalar. (mis. kel. k.k.)

Ayrish organlari – umrtqalilarning ayrish organlari bir juft bo’yrak (renes) va uning chiqarish kanallari siydik yo’llaridan iborat.

Jinsiy organlari – odatda chiqarish kanallari bor bir juft urudon (testiculus) bir juft tuxumdon (alvarium) bo’ladi. (Masalan)

Ichki sekrestiya bezlari – bu organlar maxsus modda garmonlar ishlab chiqadi. Garmonlar qon bilan butun gavdaga tarqalib butun organlar sistemasining funkstiyasini tartibga solib turadi.

Bular: qalqonsimon bez (thymus) buqoq gipofiz. Buyrak usti bezi – adrenalin bu qon tomirlarini toraytirish , qon tomirlarining funkstiyasini tartibga solib turadi.

Embrion taraqqiyoti – umrtqalilarning etishgan tuxumi yupqa va tiniq birlamchi sariqlik va ikkilamchi parda bilan o’ralgan.

Umrtqalilar yoki bosh skeletlilar kenja tipi ikki gruppaga bo’linadi (Anamniya) va (amniotalar) bo’linadi.

 

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda