HASHAROTLAR KLASSIFIKATSIYASI

XASHAROTLAR KLASSIFIKATSIYASI

Tabiatda ko’pchilik hayvonlar va o’simliklarning hayoti hasha­rotlar bilan bog’liq. Hasharotlar qaldirg’ochlar, qizilishtonlar, chittaklar va boshqa qushlar, sutemizuvchilardan ko’rsha-palaklar va tipratikanlar, deyarli ko’pchilik kaltakesaklar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, bir qancha baliqlarning asosiy ozig’i hisoblanadi. Hatto hasharotlar orasida ham boshqa hasharotlar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ko’p uchraydi. Bir qancha donxo’r qushlar ham o’z bolalarini hasharotlar bilan boqadi.

O’laksaxo’r va go’ngxo’r qo’ng’izlar, ko’pchilik pashshalar-ning qurtlari hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadi. O’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar esa ularning chirishini tezlashtiradi. Hayvon va o’simlik qoldiqlari bilan oziqla­nadigan hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular «tabiiy sanitarlar» deyiladi.
Ko’pchilik gulli o’simliklar hasharotlar yordamida changlan-ganida mo’l hosil beradi. Deyarli barcha burchoqdoshlar, ko’pchilik qoqidoshlar, gulxayridoshlar, ra’noguldoshlar, piyoz-guldoshlar, loladoshlar va poliz ekinlari hasharotlar yordamida changlanadi.
Zararkunanda hasha­rotlar. Ayrim hasharot­lar soni juda ko’payib ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Za­rarkunanda hasharotlar ro’yxatiga hasharotlarning 700 dan ortiq turi kiritil-gan. Donli ekinlarga osiyo chigirtkasi va xasva, sab­zavot va poliz ekinlariga shiralar, mevalarga olma qurti (54-rasm), g’o’zaga g’o’za tunlami, kartosh-kaga kolorado qo’ng’izi (55-rasm) katta ziyon keltiradi.
Omborlarda saqlanadi-gan oziq-ovqat mahsu-lotlariga mita qo’ng’izi katta zarar yetkazadi. Mita va uning lichinkasi don-larning ichki qismini yeb bitiradi. Xonadonlarda xona kuyasi kapalagining qurti jun va jundan to’qilgan kiyim-kechaklarni buzadi.
Yog’ochdan qurilgan inshootlar, shahar va qishloqlarimizdagi bino-larning yog’ochlik qismlari, shuningdek, tarixiy obidalarga termitlar katta ziyon keltiradi.

O’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar esa ularning chirishini tezlashtiradi. Hayvon va o’simlik qoldiqlari bilan oziqla­nadigan hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular «tabiiy sanitarlar» deyiladi.
Ko’pchilik gulli o’simliklar hasharotlar yordamida changlan-ganida mo’l hosil beradi. Deyarli barcha burchoqdoshlar, ko’pchilik qoqidoshlar, gulxayridoshlar, ra’noguldoshlar, piyoz-guldoshlar, loladoshlar va poliz ekinlari hasharotlar yordamida changlanadi.
Zararkunanda hasha­rotlar. Ayrim hasharot­lar soni juda ko’payib ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Za­rarkunanda hasharotlar ro’yxatiga hasharotlarning 700 dan ortiq turi kiritil-gan. Donli ekinlarga osiyo chigirtkasi va xasva, sab­zavot va poliz ekinlariga shiralar, mevalarga olma qurti (54-rasm), g’o’zaga g’o’za tunlami, kartosh-kaga kolorado qo’ng’izi (55-rasm) katta ziyon keltiradi.
Omborlarda saqlanadi-gan oziq-ovqat mahsu-lotlariga mita qo’ng’izi katta zarar yetkazadi. Mita va uning lichinkasi don-larning ichki qismini yeb bitiradi. Xonadonlarda xona kuyasi kapalagining qurti jun va jundan to’qilgan kiyim-kechaklarni buzadi.
Yog’ochdan qurilgan inshootlar, shahar va qishloqlarimizdagi bino-larning yog’ochlik qismlari, shuningdek, tarixiyobidalarga termitlar kattaziyon keltiradi.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda