XELITSERALILAR CHELICERATA KENJA TIPI

XELITSERALILAR (CHELICERATA)
kenja tipiga 70 mingdan ortiq tur
kiradi. Ularning ko’pchilik turlari quruqlikda yashashga o’tgan. Xelitseraliiar kenja
tipi o’z navbatida uchta sinfga bo’linadi: 1. Qilichdumlilar. 2. Qisqichbaqachayonlar,
ya’ni gigant qalqondorlar. 3. O’rgimchaksimonlar.
Parazit turlari asosan o’rgimchaksimonlar sinfi orasida uchraydi. Bu sinf ichida
kanalar turkumi vakillari haqiqiy parazitlar hisoblanadi. Ko’pchilik olimlar bu sinfni
9-13 ta turkumlarga, jumladan, kanalarni o’zini 3 ta turkumga bo’lishadi. Ayrim
tadqiqotchilar esa kanalarni 1 ta turkumdan iborat, deb e’tirof etishadi.
Kanalar(Acarina)ni o’rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. Hozirgi vaqtda
kanalarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Kanalarning aksariyati odam va har xil
hayvonlarning ektoparazitlari bo’lishi bilan bir qatorda, xilma-xil xavfii kasalliklarni
ham tarqatadi.
Kanalarning tanasi har xil darajada bo’g’imlarga bo’lingan. Ular orasida tanasi ko’p sonli
bo’g’imlarga bo’lingan vakillardan tortib, tanasi yaxlit bo’lgan vakillari ham ko’p uchraydi.
Parazitlik hayot sharoiti ularning tuzilishini o’zgarishiga olib kelgan. Jumladan,
boshko

krak qoringa butunlay qo’shilib ketgan, xelitseralari va pedipalpalari sanchib-
so’ruvchi xartumga aylangan va gavdasining oldingi uchida bo’rtib chiqib turadigan
“boshcha”sini hosil qilgan.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda