YANGI QANOTLI CHALAMETAMORFOZLI HASHAROTLARGA TAVSIFNOMA

YANGI QANOTLI CHALAMETAMORFOZLI HASHAROTLARGA TAVSIFNOMA

Podyonka kunlilar (Ephemeroptera) g’adimgi hasharotlar gruppalaridan hisoblanadilar. Birmuncha sodda tuzilishga ega. Masalan, lichinkalari ko’p (25 martagacha) etuk hasharot ham tullaydi va boshg’alar. Tanasi cho’zig’, teri qoplag’ichi yumshoq, og’iz organlari taraqqiy etmagan, qanotlari tursimon va nozik tomirlangan. Orqa qanotlari oldingilaridan qisqa, qorinchasi (yuk) oxirida ko’p bo’g’imli ikkita serkilaridan tashqari yana ular ko’rinishidagi bir dona dumi paratserkasi bop. Lichinka jabradari metamer (bo’g’im) ravishda joylashgan. Etuk hasharot jinsiy etilgan holatga o’tish oldidan tullaydi. Etuk hasharot oziqlanmaydi. Qisqa vaqt umr kechiradi.

Tuxumini suv betiga yoki suvga botirib va toshlarga yopishtirib kuyadi. Tuxum g’uyishi bilan u g’aytib suv betiga chig’adi. Lichinkalari turli chuchuk suv havzalarida, daryolarning tez oqar erlarida tog’ sharsharalarida, ko’llarda va botqoqliklarda o’tadi va 1-2 yil davom etadi. Lichinkalarning og’iz organlari kemiruvchi turda tu-zilgan bo’lib, o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Suvdagi mayda hayvonlar hisobiga yirtqichlik qiluvchi turlari ham bor.

Lichinka rivojlanishi nihoyasiga etganidan so’ng u suv betiga ko’tariladi va darhol elkalarning terisi yoriladi hamda ta­na ichidan etuk hasharot uchib chiqadi. Uchib chiqqan etuk zotlar galga hosil qiladi. Bu davrdagi etuk hasharotni subimago (jinsiy etishma-gan) deyiladi, haqiqiy imago (haqiqiy etuk hasharotga) o’tishdan oldin tullashi lozim. Qisqa vaqtdan so’ng shunday tullash ruy bera-di. Etuk hasharot serharakatchan, suv havzalari yaqinlarida odatda katta galalar tashkil qiladi. Kunlilarning jahonda 1600 tacha, jumla-dan M.D.H.da 200 turi uchrashi ma‘lum.

 

NINACHILAR

(Odonanoptera yoki Odonata) turkumiga tanasi cho’zig’, yirik yoki o’rtacha kattalikdagi ixcham hasharotlar kiradi. Qanotlari ikki juft, yirik: g’orinchasi cho’psimon: bosh g’ismi katta, ikkita mukammal, yirik ko’zlar va uchta sodda ko’zlari bor. Burtlar g’isg’a, 3-7 bo’g’mli, g’ilsimon, og’iz organlar kuchli, kemiruvchi tipda tuzilgan. Oyog’lari uzun, ikkala juft g’anotlari pardasimon formada.

Tuxumlarini suvga, suv o’simliklariga, ko’piksimon chiqindi ichiga va boshg’a joylarga joylashtirib g’uyadi.

Lichinka tez oqar va oqmas suvda rivojlanadi va o’rmalab yoki suzib harakatlanadi. Tuzilish jihatidan nayad o’simligi tipidagi lichinkalardandir. Pastki labi juda hajmli, tutgich organi (maska) o’lja tomon cho’ziladi, tinch  vaqtida  esa  boshini past tomondan yopib turadi.

Lichinkalar turli mayda suv hayvonlari, jumladan chivinlar, kunlilar, boshg’a tur ninachilar lichinkalari va hokazolar bi­lan ozig’lanadi. Ninachilar lichinkalari o’z navbatida         baliklar       uchunozig’ hisoblanadi.

Ninachilar (turli mayda) lichinkalari juda xura bo’lib, suv ichida g’ayta-g’ayta tullab tez rivojlanadi. Sekin-asta temir g’anotlar paydo  bo’lib boradi, nihoyat oxirgi marta tullash oldidan ular o’simliklarning suvdan tashg’ariga chig’ib  turgan g’ismiga  ko’tariladi va etuk hasharotga (imagoga) aylanadi. Uning g’anotlari birinchi soatlarda yumshog’  vag’t  o’tishi  bilan  g’attig’lashib, uchishga mosladi.

Ninachilarning 4500 dan ortig’ turi ma‘lum, shundan 150 dan ortig’i M.D.H. territoriyasida targ’algan, ko’prog’ turlari tropik mamlakatlarda uchraydi.

O’rta Osiyoda sug’orilib eg’iladigan erlarda uchraydigan ninachilar ko’prog’ lyutkalar     (Lestidae, 26-rasm), strelkalar (oenogrionidae), krasotkalar (alopterugidae), dedkalor (Somphidae), abgashninachilar   (Aeschnidae) va oddiy ninachilar (Libelluldae) oilalariga g’arashlidir.

 

SUVARAKSIMONLAR    (TARAKAN)

 

(Blattoptera) turkumiga mansub hasharotlar har xil kattalikda bo’lib, tanasi yassi, old elkasi hajmli, boshi uning pastida yashirinib turadi, og’iz organlari bag’uvvat va kemiruvchi tipda tuzilgan, burtlari uzun va ingichka, g’anotlari xilma-xil darajada tarag’g’iy etgan. Ayrim turlarining urg’ochi zoti g’anotsiz, g’anotlari juda ojiz yoki ikkala zotlari ham g’anotsiz bo’lishi mumkin. G’anotlaridagi oldingi g’anotlar org’a juftga nisbatan g’alinrok (ust g’anotga aylangan), org’a g’anotlari esa pardasimon ko’rinishda bo’ladi. Oyog’lar yugurdak tipda tuzilgan, harakatchan, oyog’ toschalari yirig’ panjalari 5 bo’g’imli. Suvaraksimon-lar  tuxumlarini g’alin xaltacha (ooteka) ichiga joylashtirib g’uyadi. Tuxum xaltachasining formasi har g’aysi tur uchun xosdir. Mazkur hasharotlar juda sekin rivojlanadi. Lichinkalari ust ko’rinishidan  etuk zotlaridan kichikligi, g’anotlari yo’g’ligi va burt bo’g’imlari ozligi bilan farg’ g’iladi. Suvaraklar ko’prog’ tun hasharotlari hisoblanadi. Ular o’simlik g’oldig’larida, toshlar ostida, xonadonlarda va turli xo’jalik xonalarida, ba‘zan tuprog’da  va hakozo joylarda yashaydi hamda turli-tuman narsalar bilan ozig’lanadi. Suvaraklar uzog’ vag’t ochlikka chidaydi. Ko’p turlari har xil tashlandig’lar orasida yashaganligi tufayli tana g’ismlari va ekskrementlar org’ali hap xil kasallik targ’atuvchi patogen mikroorganizmlarni targ’atadi.

Suvaraksimonlar juda g’adimgi hashorotlardan hisobla-nib, g’azilma holida ham uchraydi. Turlar soni 3600 atrofida bo’­lib, ko’prog’ tropik va subtropik zonalarda targ’algan sobig’ (M.D.Hda.) ma‘lum bo’lgan 55 turdan g’uyidagilar O’rta Osiyo uchun xosdir.

160 xil o’simlik turini eydi. Polifagidlar (Poluhagidae) oilasiga mansub suvaraklarning tanasi kipriksimonda tuklar bilan g’oplangan.

Toshbaka suvarak (Psansserei) yirik (35-40 mm), g’oramtir-sarg’ish, urg’ochi zotlari g’anotsiz, yalpog’ formali, erkak zoti esa g’anotlidir. Lichinka va etuk zotlari xonadonlarda yoki xo’jalik va tashlandig’ xonalarda uchraydi. Ba‘zan turli mahsulot bilan ozig’lanib, zarar etkazadi.

Oddiy suvaraklar (Blattidae) oilasiga ko’pchilik va keng targ’algan turlar birlashtirilgan. Tanasi tuksiz, burtlari tanasiga teng, org’a g’anotlari (agar ular bo’lsa) ust g’anotlari ostiga elpig’ich taxlanganidek taxlanib turadi. G’anotsiz va kalta g’anotlilarning tserkilari bug’imdor.

Turkiston suvaraki (Shelfordelia lateralis). Kattaligi 20-25 mm, xonadonlarda va asosan iflos erlarda uchraydi. Ozig’-ovg’at zapaslariga tegib, dizenteriya targ’atishi mumkin. Bundan tashg’ari suvarak (g’ora) va malla suvararak (B.orientalis, B.germania) turlari ham uchraydi. Bular er sharining hamma g’ismida targ’algan.

Beshiktervatsimonlar (Mantodea) turkumiga mansub hasharotlar ko’prog’ yirig’ cho’zig’ va yassi gavdali bo’ladi. Ular yirtg’ich hasharot hisoblanadi. Bosh g’ismi uchburchak formali (ko’pchilik  turlari juda harakatchan, chunki u tanaga uzun  bo’yin org’ali tutashgan. Ko’zlari juda katta, boshning ikki yonboshiga joylashgan (oddiy ko’zlari)  ham bor. Chakkalari kalta. Og’iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan va pastga g’arab o’rnashgan, old elkasi uzun va bag’uvvat. G’anotlari ikki juft. Yaxshi ucholmaydi. G’anotlar to’la tarag’atish etmagan ba‘zi turlarida esa mutlag’o bo’lmaydi. Oldingi oyog’lari uzun, kuchli, pixsimon va tikan kabi o’simtalar bilan g’oplangan. Beshektervatlar issig’ ig’limli mamlakatlarda keng targ’algan. Ko’pchilik turlari yashayotgan muhitdagi narsalar rangiga moslasha oladi.

Beshiktervatlar tuxumlarini suvaraklar kabi ooteka ichiga joylashtirib g’uyadi. Etuk beshiktervat va lichinkalar, aso­san, turli hasharot bilan ozig’lanadi. Tropik mamlakatlarda uchraydigan yirik turlari, hatto g’ushlar, sudralib yuruvchilar, bag’alarga ham hujum g’ila oladi.

2000 dan ortig’ turi ma‘lum, shundan M.D.H. da 20 dan ortig’i     (asosan, Janubiy zonalarda) uchraydi. Beshiktervatlar (Mantiedea)   oilasiga ko’p va keng targ’algan turlar kiradi. Old elkasi yonboshiga  bo’rtib chig’ib, kengaygan (oldingi oyog’lariga o’rnashgan g’ismida). Oldingi oyog’lar sonining ichki tomonidagi tikanlar uzunligi teng.

Beshiktervatlar tuxumlarini ooteka (xaltachaga) g’uyadi. Tuxumlar uning ichida g’ishlab g’oladi. Yosh beshiktervatlar bahorda chig’adi. Ular birinchi kunlari mayda (nimjon) hasharotlar bilan ozig’lanadi.

Oddiy beshiktervat (Monitis religosa) ko’prog’ daraxtlarda uchraydi. Uning rangi yashil, kattaligi 40-70 mm. Old ko’kragi uzun, uning chetlari g’adir-budir (urg’ochilarida) yoki tekis (erkaklarida). Oddiy beshiktervatga o’xshagan uchraydi. Uning g’anotlari og’ish rangda va nug’tali, org’a oyog’lari     soni uchida ingichka tikanlari bor, kattaligi 50-60 mm.

Erlarda esa ko’prog’ iris turi (Iris oratorria) uchraydi. U sarg’ish-yashil, urg’ochi zotining g’anotlari g’isg’a, kattaligi 30-45 mm. Bundan tashg’ari empuzidlar (Empusidae) oilasiga mansub turlar ham uchraydi.

 

TERMITLAR (Lsoptera) TURKUMI (BOXMAK)

Termitlar turkumiga mansub hasharotlar chumolilarga o’xshash bo’lib, tropik tomonlarga xos gruppa hisoblanadi. Jamoa bo’lib yashaydi. Turli vazifalar bajaruvchi zotlar har xil tuzilishga ega. (polimorfizm bor)

Termitlar bosh tanaga erkin o’rnashgan, old ko’kragi katta emas, g’anotlari pardasimon. Termitlarning hamma oyog’lari teng yuruvchi tipda tuzilgan, panjalari to’rt bo’g’imli, tserkilalari kalta va nimjon.

Termitlar tuprog’ ichida, ba‘zi tropik turlari esa er yuzida yoki daraxtlarda juda mukammal ko’rilgan uyalarda yashaydi.

 

SIMBIOZ TURKISTON TERMITI.(A.turkestanius)

O’rta Osiyoning dasht, sahrolarida va g’isman aholi yashaydigan erlarda targ’algan. Jumladan, Termiz, G’arshi, G’uzor, Kogon, Farg’ona, Namangan va boshg’a joylarda uchraydi. Termitlar Farg’ona vodiysida “vayron g’urt”, O’zbekistonning janubida “vaxmak g’urt” va og’ chumolilar deb nomlanadi. G’anotli zotlari pushti, boshi va termitlari tukrog’, bosh g’ismi deyarli yirig’ g’isg’a oval formali. Burtlari ingichka, 23-25 bo’g’imli, boshi uzun tuklar bilan g’oplangan.

“Poshshaxon” zoti g’anotini tashlab yuborgan erkak zotlarga o’xshaydi, faruat g’orinchasi kengrog’ tuzilgan. “Ishchi” zotlarning tanasi og’-sarig’ va yaltirog’i, boshi nisbatan yirig’ cho’zig’ ko’l rang sarg’ish, jag’lari to’g’ sarig’ burtlari och jigar, 23-25 bug’imli. Old ko’kragi boshidan ko’ra ensiz. O’rta ko’krak g’ismi va tananing boshg’a g’ismlari og’.

“Soldat”, zotlari siyrak tukli, bosh g’ismi nisbatan hajmli g’attig’ po’stli to’g’ och-g’izil, jag’i bag’uvvat (chigirtkalar singari tishlay oladi) jigar rang tusda.

In chukurligi, hatto 80-100 sm.gacha etishi mumkin. Inlarda xos vazifalar bajaruvchi etuk zotlaridan tashg’ari yana lichinkalari va nimfalar yashaydi. Turkiston termiti sharoitga g’arab, inidan mayning birinchi yarmida uchib chig’adi. Urg’ochisi uchish vag’tida urug’lanadi. So’ngra yana urchish davom etadi. Turkiston termiti yog’och, o’t va turli-tuman mahsulot g’oldiklari bilan ozig’lanadi. Bu bilan ular g’urilishlarga va mahsulotlarga zarar keltiradi.

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda