YUQORI ENERGETIK USKUNALARDAN FOYDALANISHDA MEHNAT XAVFSIZLIGI 1

Energetika tizimidagi avariyalar

MEHNAT XAVFSIZLIGI

Energetika tizimidagi sodir bo’ladigan favqulodda vaziyatlarga
Gidroelektrostantsiya (GES) larida, issiqlik elektr markaz (TETS) larida, shahar,
tuman elektr tarmoq (GRES) larida, elektr tarmoqlarida, issiqlik markazlarida,
issiqlik qozonlarida, kompressorlarda, gaz taqsimlash stantsiya (GRS)larida va
energetika tizimining boshqa ob’ektlarida sodir buladigan avariya va halokatlar
kiradi.
Ko’rinishi:
Ishlab chiqarish va iktisodiyot ob’ektlar turli xildagi ma’suliyatli
iste’molchilarida energiya t’minotining biror avariya tufayli ishdan chiqish hodisasi.
Energiya ta’minotida bunday avariya holatlari ko’p uchraydi, lekin, kam hollarda
nobud bo’lishi kuzatilib, iqtisodiyot ob’ektlari barqarorligiga, insonlarning me’yoriy
hayot faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi.
Oldini olish bo’yicha chora tadbirlar:
Yordamchi tarmoqlar evaziga energiya ta’minotini barcha ob’ektlarining
barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash.
Texnik hujjatlarda ko’rsatilgan me’yor talablari bo’yicha rejaviy- profilaktik
ko’rik va texnik ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida utkazilishi, barcha xavfsizlik
choralariga amal qilish, qolaversa barcha xizmat muddati talablariga rioya qilish va
x.k.
Muhofaza tadbirlari:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 242- Qaroriga muvofiq
Energetika va elektrlashtirish vazirligiga “energetika tizimiga kiruvchi barcha
ob’ektlardan avariyasiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini tashkil etish va amalga
oshirish, hamda Kommunal xizmat
ko’rsatish vazirligi va mahalliy xokimiyat organlari bilan birgalikda
iste’molchilarni hamda, birinchi navbatda, favqulodda vaziyatlar zonalaridagi
hayotiy ta’minot ob’ektlarini elektr quvvati bilan uzluksiz ta’minlash tadbirlarini
ishlab chiqish va amalga oshirish” vazifalari yuklatiladi.Bundan tashqari energetika
ob’ektlarining texnik holatini nazorat qiluvchi davlat xizmati orqali bu tizimdagi
turli avariya holatlarini oldi olinadi.
Maishiy xizmat tarmoqlardagi avariyalar
Gaz tarmoqlari, suv saqlagichlar, suv tarmoqlari, kanalizatsiyalar, bundan
tashqari gaz tozalash, biologik tozalash inshootlari va maishiy xizmat tarmoqlariga
kiruvchi barcha ob’ektlar kiradi.
Ko’rinishi:
Insonlarning hayot faoliyatiga va sog’lig’iga xavf tug’diradish bilan
kechadigan avariyalar. Bundan tashqari atmosferani, yerni ustki qismini, yer osti va
yer usti suvlarini zaharlash, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatish darajasida
namoyon bo’ladigan avariya va halokatlar.
Oldini olish bo’yicha chora tadbirlar:
Yordamchi tarmoqlar evaziga muxandislik tarmoqlarining barqarorligini
ta’minlash.
Texnik hujjatlarda ko’rsatilgan me’yor talablari bo’yicha rejaviy- profilaktik
ko’rik va texnik ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida utkazilishi, barcha xavfsizlik
choralariga amal qilish, qolaversa barcha xizmat muddati talablariga rioya qilish va
x.k.
Muhofaza tadbirlari:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 242-Qaroriga muvofiq
Kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, mahalliy xokimiyat organlari bilan
birgalikda iste’molchilarni hamda, birinchi navbatda, favqulodda vaziyat
zonalaridagi xayotiy ta’minot ob’ektlariga xizmat qiluvchi muxandislik tarmoqlarini
uzluksiz ish faoliyatini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”
vazifalari yuklatiladi. Bundan tashqari maishiy -texnik xizmatlari, shaharlarni,turar
joylarni va xududlarni favqulodda vaziyatdan muxandislik himoya qilish xizmatlari.
Rejaviy – profilaktik ko’rik va ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida o’tkazilishi,
xizmat muddati qoidalari talablariga amal qilish, boshqarish va aloqa tizimlarining
ish sifatini oshirish, bundan tashqari xodimlarning bilimi va tajribasini oshirib
borish.

MEHNAT XAVFSIZLIGI

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda