SUVDA VA KURUQLIKDA YASHOVCHILARNING EKOLOGIYASI

SUVDA VA KURUQLIKDA YASHOVCHILARЭтот файл можно использовать бесплатно

Suvda va quruqliqda yashovchilar

(Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan.

Shuning bilan birga Suvda va quruqlikda yashovchilar skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va boshqa organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqlikda yashovchilarning hayoti voyaga yetgan davrida ham suv bilan bevosita bogʻliq.

Suvda va quruqlikda yashovchilar yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan kelib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniotlar) oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydi. Stegotsefallar deb atalgan qadimgi Suvda va quruqlikda yashovchilar bosh qutisi skeleti 1 m gacha boʻlgan. Ular karbonning oʻrtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar boʻlgan. Karbon davri oxiridan boshlab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi sudralib yuruvchilar yura davridan maʼlum.

Suvda va quruqda yashovchilar – quruqda yashovchi umrtqalilarning birinchi sinfi bo’lib, suvda yashagan qadimgi ajdodlarning bir qancha belgilarini ham saqlab qolgandir. Bu hayvonlarning individual rivojlanishida muhitning almashinib turishi juda ham harakterlidir. Amfibiyalarning dastlabki rivojlanishi suvda o’tadi va suvda yashashga layoqatlashgan lichinkasi (itbalii) metomorfozlashib quruqlikda yashovchi etuk hayvonga aylanadi.

Quruqda yashovchi umrtqalilar singari amfibiyalarda besh barmoqli bo’imli oyoqlar bo’ladi. Bosh skeleti umrtqa poonasiga harakatchan birikadi. O’pka va terisi nafas olish organlari vazifasini bajaradi. O’pka orqali nafas olish munosabati bilan ikkita yurak bo’lmasi ikkita qon aylanish doirasi yuzaga keladi. Eshituv organida ichki quloqdan tashqari o’rta quloq (noora pardasi) bo’lishi eshituv organini havoda tovush to’lqinlarini eshitishga layoqatlashgandir.

Sistematikasi – suvda va quruqda yashovchilar – umrtqalilarning hammadan ko’ra turlari kam sinfi bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umrtqalilarning barcha sinflaridan suvda va quruqda yashovchilar erning hammadan kam qismini ishol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining chetki qismlaridagina yashaydi va dengizda ham okeanda ham uchramaydi.

Hozirgi amfibiyalar uchta turkumga bo’linadi:

 

    1. Oyoqsizlar (Apoda)
    2. Dumlilar (Urodela)
    3. Dumsizlar (Anura)

Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa oyoqlarining yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma materiklarga tarqalgandir. Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda (150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum oyoqsizlardir bu turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar kiradi, chervyagalar juda qadimgi kosali (panstirli) amfibiyalarning erni kovlab hayot kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan qoldiqlari bo’lsa ajab emas.
Suvda va quruqda yashovchilarning tuzilishi va hayot kechirishi

Vakil: Ko’k baqa yoki ko’l baqa (Rana temporaria)

Tashqi ko’rinishi – baqaning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo’shilib ketadi, chunki baqaning bo’yi ko’rinib turmaydi. Dumi yo’q, boshining ikki tomnida bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashgan, bu ko’zlarda pastki va ustki qavoqlar mavjud. Hamda uchinchi qovoq yumgich parda bor. Oiz katta, uning ustida bekitgich klapanli burun teshigi bor. Oldingi oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ketingi oyoqlariga nisbatan kalta, (faqat shular uchun xos) orqa oyoqlari juda uzun, pardali beshta barmoi bor. Tanasining oxirida chiqaruv teshigi kloaka bor. Gavdasi teri bilan qoplangan, terida maxsus shilimshiq ajratib chiqaruvchi bezlar bor.

Teri qoplaichlari – suvda va quruqda yashovchi barcha hayvonlarning terisi singari, baqa terisi ham muhim nafas olish, suv almashishi organidir. Terisida shox tuzilmalar umuman bo’lmaydi, shilimshiq chiqaradigan bezlar nihoyatda ko’p. Baqaning terisi boshidan oxirigacha gavdaga yopishgan bo’lmaydi, ma’lum joylardagina gavdaga yopishgan bo’ladi.

Skeleti – yurishga moslashishi natijasida, baqa oyoqlarining juda boshqacha bo’lib tuzilganligi va dum bo’limi yo’q bo’lib, ketganligiga yarasha baqa skeletida juda ham o’ziga hos bo’lib tuzilgan belgilar bor.

Umrtqa poanasi – faqat to’qqizta umrtqadan tashkil topgan bo’lib

4 ta bo’limga

1. Bo’yin

2. Tana

3. Dumaza

4. Dum

Hamma amfibiyalarda bo’ynida faqat bitta umrtqa bor. Tana bo’limida 7 ta dumaza 1 ta umrtqadan iborat. Dum bo’limi bitta uzun suyak urostil (Urostyl) dan iborat.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda