Tijorat tahlilining vazifasi.

Tijorat tahlilining vazifasi.Tijorat tahlilining vazifasi. .

Ma‘lumki har qanday loyihani muvaffakiyati va barbod bo‗lishi ist‘emolchi va  foydalanuvchilarga bevosita bog‗liqdir. SHu boisdan tijorat tahlili loyiha tahlilida hal qiluvchi  rol o‗ynaydi. CHunki, tijorat tahlilining asosiy maqsadi loyiha taklif etadigan mahsulot va  xizmatning bozorini kelajak nuqtai-nazaridan baholashdir. SHuningdek, loyihani mahsulot ishlab  chiqarish masalasi, uning mahsuloti uchun ko‗zda tutilgan bozorni har tomonlama tahlil qiladiki,  ko‗rsatilgan mahsulot uchun samarali talabni va foydasi katta narxni ta‘minlashdan iboratdir. Bir  so‗z bilan aytganda tijorat tahlili loyihani ishlab chiqarish va mahsulotini sotish bo‗yicha barcha  tadbirlarni baholashdir. 

Tijorat tahlilida loyihani quyidagi savollar bo‗yicha batafsil ko‗rib chiqiladi. 1.Mahsulot qaerda sotiladi? 

  1. Narxlarni o‗zgarishida loyiha moliyaviy nuqtai-nazardan yashash qobiliyatini saqlab  qoladimi? 

3.Bozorni hajmi loyihani ta‘minlaydimi? 

4.YAngi mahsulot ishlab chiqarishini o‗zlashtirish uchun ishlab chiqarish quvvatlari mavjudmi? 5.Loyiha quvvati darajasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni qayta ishlash va marketinggi  uchun yangi loyiha yaratish kerak bo‗ladimi? 

6.Ishlab chiqiladigan mahsulot ichki iste‘molgami yoki eksportga mo‗lajallanganmi? 7.Ishlab chiqaradigan mahsulot sifati va navi ichki va jaxon bozori talabiga mosmi? 8.Loyiha amalida marketingni moliya bilan ta‘minlashda qanday maxsus choralar ko‗rilishi talab  etiladi? 

9.Loyiha talab qiladigan resurslarni kerakli muddatda ta‘minlashni etarli imkoniyatlariga egami? 10.Loyiha uchun kerakli resurslarni etkazib beruvchilarni moliyaviy holati qanday? Ishlab  chiqaruvchilarni ushbu resurslarni sotib olish uchun kredit bilan ta‘min etilishichi? 

YUqorida bayon etilganlardan ko‗rinib turibdiki loyiha tahlilida tijorat tahlil muhim  ahamiyatni kasb etadi. U loyiha mahsulotiga bo‗ladigan talabni so‗ngra kelajak narxlarni,  kelajakdagi talabdan kelib chiqqan holda, oldindan bashorat qiladi.

Loyiha mahsulotiga bo‗ladigan talab tahlilini loyiha potensialini baholash zaminida  yotgan bo‗lsa ham ko‗pchilik xollarda ushbu tahlilni o‗tkazish o‗ziga xos nuqsonlarga ega.  Ba‘zida talab kelajagining bashorati (prognozi) har qanday bilimdonlik bilan o‗tkazilsa ham tez tez xatoliklarga yo‗l qo‗yish mumkin. Ayniqsa, o‗zoq muddatli oldindan bashorat qilishlar juda  katta xatoliklarga olib kelishi mumkin. 

SHunga qaramasdan bugungi kunda shunday qaror qabul qilish kerakki u o‗zoq muddatli  kelajakga ega bo‗lsin. Masalan, transport loyihasi yoki sanoat korxonasi ko‗rish loyihasi katta  kapital mablag‗lar kiritilishini talab qiladi va katta ko‗lamga egadirlar. Loyiha ko‗lamini  muxlatini yoki joylashgan mintaqani tanlashda yo‗l qo‗yilgan xato qimmatga tushishi muqarar.  Bu kabi loyihalar bo‗yicha qaror qabul qilish jarayonida talabni oldindan bashorat qilish muhim  o‗rin egallayd 

Mavjud ma‘lumotlarni noaniqlik darajasiga qarab bashorat bo‗yicha mutaxassis bitta  ehtimoli talabni muqobil narxlanishlarni tuzishi, muhim noaniqliklarni xisobga olgan holda  kelajak vaziyatlarni aks ettiruvchi keng bashoratni taklif etishi yoki ssenariyasini ishlab chiqishi  mumkin. Turli bashoratlardan foydalanish loyiha tahlilining moliya yoki boshqa bo‗limlariga  xilma xil kelajak shartlarini va kutilgan natijalar uchun zarur bo‗lgan taxminlarni aks ettirish  imkonini beradi. 

Talab bashoratiga loyihani tayyorlash va uni ko‗rish va boshlangich davridagi  ishlatilishida vaqti vaqti bilan tuzatishlar kiritilib turilishi kerak bo‗ladi, bu bashorat bilan aniq  vaziyat oraligidagi o‗zilishni kamaytiradi.

O’xshashlari

manba.

 

Boshqalar o'qimoqda