TO’LIQ O’ZGARISH BILAN RIVOJLANUVCHI HASHAROTLAR

TO'LIQ O'ZGARISH BILAN RIVOJLANUVCHI HASHAROTLARЭтот файл можно использовать бесплатно

TO’LIQ O’ZGARISH BILAN RIVOJLANUVCHI HASHAROTLAR haqida.

To‘liq  o‘zgarish  bilan  rivojlanish.  Ko‘pchilik  hasharotlar  (qo‘ng‘izlar,
kapalaklar, burgalar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumdan chiqqan
lichinkasining  tuzilishi  va  hayot  kechirishi  voyaga  yetgan  davriga  o‘xshamaydi.
Bunday  lichinkalar  chuvalchangsimon  shaklda  bo‘lib,  qurt  deyiladi.  Hasharotlar
qurtining tanasi chuvalchanglarga o‘xshash halqalardan iborat; oyo‘qlari kalta, og‘iz
organlari ko‘pincha kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko‘zlari faqat yorug‘ni farqlash
uchun  xizmat  qiladi. Rivojlanish  davrida  qurt  faol  harakat  qiladi  va  oziqlanadi;  bir
necha  marta  tullab  g‘umbakka  aylanadi.  G’umbak  hasharotning  tinim  davri
hisoblanadi.  Bu  davrda  lichinkalik  organlar  qayta  tuziladi.  Odatda,  g‘umbak
harakatsiz  bo‘lib,  oziqlanmaydi.  Ayrim  kapalaklarning  g‘umbagi  pilla  ichida
bo‘ladi.  G’umbakning  qayta  tuzilishi  tamom  bo‘lganidan  so‘ng  g‘umbak  qobig‘i
yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Bu to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish,
ya’ni  metamorfoz  deyiladi.  To‘liq  o‘zgarish  bilan  rivojlanadigan  hasharotlarning
qurtlari  4  xil  (bosh  va  oyo‘qli,  qorin  oyo‘qli,  oyo‘qsiz,  boshsiz  va  oyo‘qsiz)  tipda
tuzilgan.  Bosh  va  oyoqli  qurtlarning  boshi  yaxshi  rivojlangan,  ko‘kragida  3  juft
oyo‘qlari bo‘ladi (masalan, qo‘ng‘izlar). Qorin oyoqli qurtlarning ham boshi yaxshi
rivojlangan,  qorin  qismida  oyo‘qlari  bor  (kapalaklar).  Oyoqsiz  qurtlarning  boshi
rivojlangan, lekin oyo‘qlari bo‘lmaydi (arilar). Boshsiz va oyoqsiz qurtlarning boshi
va oyo‘qlari bo‘lmaydi (pashshalar, so‘nalar).

G’umbak  xillari.  Hasharotlar  g‘umbaklari  erkin  harakatchan  ochiq,  erkin,
qisman harakatchan yopiq va harakatchan bochkasimon aniq shaklga ega bo‘lmagan
xillarga  ajratiladi.  Erkin  harakatchan  ochiq  g‘umbaklarda  voyaga  etgan
hasharotlarga  xos  belgilar  (oyo‘q,  qanot,  mo‘ylov,  og‘iz  organlari,  ko‘zlar)  yaxshi
ko‘zga  tashlanadi  (buloqchilar,  chivinlar,  suvda  yashovchi  to‘rqanotlilar,  ayrim
qo‘ng‘izlar).  Erkin,  qisman  harakatchan  yopiq  g‘umbaklarning  xitin  bilan
qoplangan  va  tanaga  zich  yopishgan  boshlang‘ich  qanotlari  va  oyoqlari  ko‘rinib
turadi  (kapalaklar).  Bunday    g‘umbaklar  tanasini  biroz  qimirlatishi  mumkin.
Kapalaklarning  pilla  ichida  rivojlanadigan  yopiq  g‘umbaklarida  voyaga  yetgan
hasharotlarga  xos belgilar ko‘rinmaydi.  Bochkasimon  boshsiz,  oyoqsiz  harakatchan 
g‘umbaklarda (pashshalar) oxirgi lichinka po‘sti saqlanib qoladi.

Hasharotlarning  tuxumdan  chiqib,  tuxum  qo‘ya  boshlaguncha  rivojlanish
davri  generatsiya  deyiladi.  Bitta  generatsiy  bir  necha  kundan  bir  necha  yilgacha
rivojlanadi. Uy pashshasi bitta generatsiyasi 14-33 kun, drozofila pashshasininiki 8-
12 kun, may qo‘ng‘iziniki 4-5 yil davom etadi. Generatsiyasi uzoq davom etadigan
may  qo‘ng‘izi  voyaga  yetgan  davrida  bir  oy  yashaydi.  Hasharotlar  juda  serpusht
bo‘ladi.  Kapalaklar  100-2500,  qo‘ng‘izlar  50-6000,  ona  asalari  1,5  mln  gacha,  ona
termit yil davomida 30000 dan bir necha milliongacha tuxum qo‘yadi.

TO’LIQ O’ZGARISH BILAN RIVOJLANUVCHI HASHAROTLAR.
+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda