TOQ TUYO’QLILAR JUFT TUYO’QLILAR

TOQ TUYO'QLILAR JUFT TUYO'QLILAR

Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) — sut emizuvchilar sinfining turkumi. Quyi eotsendan maʼlum. Oyoqlari oʻqi kuchli rivojlangan boʻlib, 3- va 4-barmoqlari oʻrtasidan oʻtadi. 2- va 3-barmoklari kucheiz rivojlangan, 1-barmogi boʻlmaydi. Oyoqlarining sagittal qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi, oʻmrov suyagi yoʻq. 2 kenja turkum: kavshavchi va kavshamaydigan kenja turkumga boʻlinadi. Hoz. zamon faunasida 150 ga yaqin turi maʼlum. Keng tarkalgan, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga introduksiya qilingan. Oʻzbekistonda 8 turi maʼlum. Oʻsimlikxoʻr, baʼzan hammaxoʻr (toʻngʻiz). Bir qancha turlari (echki, qoʻy, sigir) xonakilashtirilgan. Koʻpchilik yovvoyi turlarining soni kamayib ketmoqda. Bir qancha turlari (jayran, arhar, togʻ echkisi) Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Toq tuyoqlilar (Perissodactyla) — sut emizuvchilar turkumi. Oldingi oyoqlarida 1,3 yoki 4 ta, orqa oyoqlarida 1 yoki 3 ta barmoq bor. Uchinchi barmogʻi boshqa barmoqlariga qaraganda yaxshi rivojlangan; uchida tuyogʻi mavjud. Gavdasi shu barmoqqa tayanadi. Jagʻ tishlari oʻsimlik mahsulotlarini chaynashga moslashgan. Kalla suyagining yuz qismi choʻziq. Oʻmrov suyagi yoʻq. Son suyagida uchinchi koʻstning borligi bilan juft tuyoqlilardan farq qiladi. Oshqozoni bir kamerali. Koʻrichagi uzun. Bitta bola tugʻadi. Toq tuyoqlilar Afrika, Osiyo, Janubiy Amerikada tarqalgan; uy hayvonlari sifatida barcha qitʼalarda bor. Janubiy Yevropada 19-asr oxirigacha yovvoyi holda yashagan. 3 oilasi: otsimonlar, karkidonlar va tapirlar mavjud.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda