TRAXEYALILAR KICHIK TIPI

TRAXEYALILAR KICHIK TIPIЭтот файл можно использовать бесплатно

TRAXEYALILAR KICHIK TIPI haqida.

  1. Traxeyalilarning umumiy belgilari
  2. Ko’poyoqlilar katta sinfi
  3. Ko’poyoqlilar sistematikasi

Traxeyalilar, traxeya bilan nafas oluvchilar, chala moʻylovlilar (Tracheata, Atelocerata) — quruqlikda yoki ikkilamchi suvda yashovchi boʻgʻimoyoqlilar kenja tipi. Birlamchi quruqlikda yashashga oʻtgan halqali chuvalchanglarga oʻxshash ajdodlardan kelib chiqqan. Quruqlikda yashashga oʻtgan T. da evolyutsiya natijasida bosh boʻlimi ajralib chiqqan; tana boʻgʻimlari va oyoklari ixtisoslashgan; ular soni doimiy boʻlib qolgan. T. boshi tanadan aniq ajralib turadi; moʻylovlari bir juft (antennulalar gomologi); 2juft antennasi boʻlmaydi. Traxeya, baʼzan teri yoki traxeyajabralar (tana devori oʻsimtalari orqali) nafas oladi. T. kenja tipi koʻp oyoklilar va hasharotlar sinflariga ajratiladi.

Traxeyalilar kenja tipi traxeya deb ataluvchi organlar yordamida nafas olishga moslashgan va quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilarni o’z ichiga oladi. Ushbu guruh hayvonlarining o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri akron va 4 ta segmentning o’zaro qo’shilib ketganligi tufayli bosh bo’limining shakllanishidir. Bosh ortiqlari bir juft mo’ylovlar va uch juft og’iz organlaridan iborat. Mo’ylovlar qisqichbaqasimonlarning antennulalariga mos keladi. Qisqichbaqasimonlarda mavjud bo’lgan antennalar esa traxeyalilarga kelib reduksiyalangan, chunki boshning ikkinchi sigmenti yo’qolib ketgan. Og’iz organlarining bir jufti yuqori jag’lar (mandibulalar) ni tashkil etsa, ikki jufti pastki jag’lar (maksillalar) dan iboratdir.

Traxeyalilarga kiruvchi bo’g’imoyoqlilarning gavda segmentlarini soni ham har xil guruhlarida turlicha bo’ladi. Traxeyalilar quruqlikda yashashga moslashgan hayvonlar sifatida bir qator morfo-fiziologik xususiyatlar hosil qilgan hayvonlar hisoblanadi.

Aksariyat traxeyalilarning kutikulasi ustdan juda yupqa suv yuqtirmaydigan mumsimon va yog’simon parda ya’ni epikutikula deb ataluvchi parda bilan qoplangan. Bunday parda suvni o’tqazmaydi. Bundan tashqari ajratish organi-malpigiy naylarining tuzilishi ham tanadagi suvni tejab sarflashga moslashgan, ya’ni ushbu naychalar tashqi muhitga emas, balki ichakning pastki qismiga ochiladi. Ichakka kelib quyilgan siydik tarkibidagi ortiqcha suyuqlik (suv) ichak devori orqali qayta so’riladi. Nihoyat traxeyalilar gavda bo’shlig’idagi yog’ parchalanganda organizm uchun zarur bo’lgan suv hosil bo’ladi.

Traxeyalilar kenja tipi ko’poyoqlilar va oltioyoqlilar katta sinflariga ajraladi.TRAXEYALILAR KICHIK TIPI

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda