Uglevodlarning kimyoviy xossalari haqida ma’lumotlar.

Uglevodlarning kimyoviy xossalari haqida ma'lumotlar.Uglevodlarning kimyoviy xossalari haqida ma’lumotlar.

Uglevodlar, ularning olinishi, ossalari va ishlatilishi.

Uglevodlar–organik birikmalar bo`lib, tarkibi odatda umumiy Cn(H2O)m (n va m≥4) formula bilan ifodalanadi.

Uglevodlar juda ko`p tarqalgan tabiiy birikmalar hisoblanadi, ular o`simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradi hamda o`simliklar barglarida fotosintez natijasida hosil bo`ladi:

nCO2 + mH2O → Cn(H2O)m + nO2

O`simliklarda quruq modda massasining 80 % gacha, odam va hayvonlar organizmida–20 % gacha miqdorini uglevodlar hosil qiladi. Uglevodlar odatda mono-, di-, poli- saxaridlarga bo`linadi.

Monosaxaridlar. Monosaxaridlar orasida eng muhimi glyukoza C6H12O6 bo`lib, u uzum shakari ham deyiladi. Bu shirin ta`mli oq kristall modda, suvda yaxshi eriydi. Glyukoza o`simlik va hayvon organizmlarida uchraydi, uning miqdori ayniqsa uzum sharbatida, asalda va pishgan mevalarda ko`p bo`ladi. Glyukozaning tuzilishini ko`rib chiqilsa, uning molekulasida beshta gidroksil guruhi hamda aldegid guruhi borligi ko`rinadi. Shuning uchun ham glyukoza ham ko`p atomli spirt va ham aldegid spirt hisoblanadi.

CH2OHCHOHCHOHCHOHCHOHCHO

Glyukoza kumush oksidning ammiyakli suvdagi eritmasi ta`sirida «kumush ko`zgu» reaksiyasini beradi. Beshta gidroksildan bittasining reaksiyaga kirishish xususiyati eng kuchli va undagi vodorodni metil radikaliga almashtirishi moddaning aldegid xossalari yo`qolishiga olib keladi. Bularning hammasi glyukozaning aldegid shakli bilan bir vaqtda glyukoza molekulalarining siklik shakllari (d-siklik va ß-siklik) ham mavjud, degan xulosa chiqarishga asos bo`ladi; siklik shakllari gidroksil guruhlarning halqa tekisligiga nisbatan joylashuvi bilan bir-biridan farq qiladi. Kristall holatida glyukozaning molekulalari siklik tuzilgan bo`ladi, suvdagi eritmalaridan esa u bir-biriga aylanib turadigan turli shakllarda bo`ladi:

Sanoatda glyukoza kraxmalni kislotalar ishtirokida gidrolizlash yo`li bilan olinadi. Uni yog`ochdan (sellyulozadan) ajratib olish ham yo`lga qo`yilgan.

(C6H10O5)n + nH2O nC6H12O6

Glyukoza–qimmatli oziq moddadir. U to`qimalarda oksidlanganda organizmning normal hayot faoliyati uchun zaruriy energiya ajralib chiqadi. Oksidlanish reaksiyasini quyidagi umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:

C6H12O6 + 6O2 → 6CO2 + 6H2O

Glyukoza tibbiyotda dori-darmonlar tayyorlash, qonni konservalash, venaga quyish va boshqa maqsadlarda, qandolatchilikda, ko`zgu va o`yinchoqlar ishlab chiqarishda (kumushlash), gazlama va terini bo`yashda apparaturalash (ishlov berish) uchun foydalaniladi va ishlatiladi.

Fruktoza–glyukozaning izomeri, shirin mevalarda va asalda glyukoza bilan birga uchraydi. U glyukozadan va saxarozadan shirinroq. Fruktoza keton-spirt hisoblanadi. Uning tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:

CH2OHCHOHCHOHCHOHCOCH2OH

Gidroksil guruhlar borligi tufayli fruktoza glyukoza kabi saxaratlar va murakkab efirlar hosil qiladi. Lekin aldegid guruhi yo`qligi sababli u glyukozaga qaraganda kamroq darajada oksidlanadi va «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi. Glyukoza kabi fruktoza ham gidrolizlanmaydi.

Disaxaridlar. Saxaroza–disaxaridlar ichida eng katta ahamiyatga ega bo`lgan modda hisoblanadi, u lavlagi shakari yoki qamish shakari ham deyiladi. Uning emperik formulasi. C12H22O11.

Qand lavlagida va shakarqamishda saxarozaning miqdori ko`p bo`ladi. U qayin, zarang shirasida, ko`pchilik meva va sabzavotlarda uchraydi.

Saxaroza (odatdagi shakar)–oq kristall modda, glyukozadan shirinroq, suvda yaxshi eriydi.

Saxarozaning muhim kimyoviy xossasi–qizdirilganda vodorod ionlari ishtirokida gidrolizlanish hususiyatidir. Bunda saxarozaning bitta molekulasidan glyukoza molekulasi bilan fruktoza molekulasi hosil bo`ladi:

C12H22O11 + H2O C6H12O6 + C6H12O6

                                Saxaroza                   glyukoza    fruktoza

Saxaroza «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi va qaytaruvchilik xossalariga ega emas. Shu bilan u glyukozadan farq qiladi. Saxaroza molekulasi siklik shakldagi glyukoza va fruktoza molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan; ular bir-biri bilan kislorod atomi orqali bog`langan.

Hozirgi vaqtda saxaroza tarkibida 20 % gacha saxaroza bo`ladigan qand lavlagidan olinadi.

Polisaxaridlar. Polisaxaridlarga kraxmal, sellyuloza kiradi. Kraxmal ta`msiz oq kukun bo`lib, sovuq suvda erimaydi. Qaynoq suvda bo`kib kleyster hosil qiladi. Uning aniq molekulyar massasi topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma`lum va har xil namunalarida turlicha bo`lishi (100000 gacha) mumkin. Uning formulasi (C6H10O5)n tarzida ifodalanadi.

Kraxmal tabiatda keng tarqalgan. Ba`zi boshoqli o`simliklar donlarida kraxmal eng ko`p miqdorda bo`ladi: guruchda 86 % gacha, bug`doyda 75 % gacha, jo`xorida 72 % gacha hamda kartoshka tugunaklarida 24 % gacha kraxmal bo`ladi. Kraxmal fotosintez mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

Olinishi. O`simliklardan hujayralarini buzish va suv bilan yuvib olish orqali kraxmal ajratib olinadi. Sanoatda u asosan kartoshka tugunaklaridan (kartoshka uni holida), shuningdek jo`xoridan ham olinadi.

Kraxmal fermentlar ta`sir ettirilganda yoki kislotalar bilan qizdirilganda (vodorod ionlari katalizator bo`lib xizmat qiladi) gidrolizlanadi. Bunda dastlab eruvchan kraxmal, so`ngra unchalik murakkab bo`lmagan moddalar–dekstrinlar hosil bo`ladi. Reaksiyaning umumiy tenglamasini shunday ifodalash mumkin:

(C6H10O5)n + nH2O nC6H12O6

Kraxmal «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi. Kraxmal makromolekulalari siklik α-glyukozaning ko`p molekulalaridan tarkib topgan.

Yod eritmasi kraxmalni ko`k rangga kiritadi. Qizdirilganda bu rang yoqoladi, sovutilganda yana paydo bo`ladi. Yod eritmalaridan kraxmalni aniqlash uchun, kraxmal eritmasidan (kleysteridan) esa yodni aniqlash uchun foydalaniladi.

Kraxmal turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Uning asosiy miqdori qayta ishlanib dekstrinlar, patoka va glyukozalar olinadi va ular qandolatchilikda ishlatiladi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirti olinadi. Kraxmaldan elimlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni kraxmallashda, hamda tibbiyotda malham dorilar, sepki dorilar tayyorlashda ishlatiladi.

Sellyuloza kraxmalga qaraganda ham ko`p tarqalgan uglevod. O`simlik hujayralarining devorlari asosan sellyulozadan tarkib topgan. Yog`ochda 60 % gacha, paxta va filtr qog`ozda 90 % gacha selyuloza uchraydi.

Sellyuloza–suvda va odatdagi organik erituvchilarda erimaydigan oq qattiq modda, mis (II)–gidroksidning ammiakdagi eritmasida (shveytser reaktivida) yaxshi eriydi. Bu eritmadan kislotalar sellyulozani tolalar holida (gidratsellyuloza) cho`kmaga tushiradi.

Sellyuloza ham kraxmal kabi (C6H10O5)n formula bilan ifodalanadi. Sellyulozaning ba`zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekulyar massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari chiziqsimon (tarmoqlanmagan) tuzilgan, shu sababli sellyuloza oson tolalar hosil qiladi.

Sellyuloza ham «kumush ko`zgu» reaksiyasini bermaydi (aldegid guruhi yo`q), lekin kislotalar bilan etirifikatsiya reaksiyasiga kirishadi. Molekuladagi uchta gidroksil guruhlar borligi uchun kislotalar reaksiyaga kirishadi.

[C6H7O2(OH)3]n

Gidroksil guruhlar hisobiga sellyuloza oddiy va murakkab efirlar hosil qilishi mumkin. Sellyuloza suvni tortib oluvchi vosita sifatidagi konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida konsentrlangan nitrat kislota bilan o`zaro ta`sir ettirilganda murakkab efir–sellyuloza trinitrati hosil bo`ladi:

[C6H7O2(OH)3]n + 3n HONO2 [C6H7O2(ONO2)3]n + 3nH2O

Bu o`q-dori tayyorlash uchun ishlatiladigan portlovchi modda. Odatdagi haroratda sellyuloza faqat konsentrlangan kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.

Sellyuloza ham kraxmal kabi suyultirilgan kislotalar bilan qizdirilganda gidrolizlanadi va glyukoza hosil qiladi:

(C6H10O5)n + nH2O nC6H12O6

                                        sellyuloza                     glyukoza

Sellyulozadan gidrolizlanish hisobiga glyukoza olinadi, glyukozani bijg`itish yo`li bilan esa etil spirt olinadi. Yog`ochdan olingan spirt gidroliz spirti deyiladi.

Paxta, zig`ir va kanop tola holidagi sellyuloza gazlamalar ip-gazlama va zig`ir tolali gazlamalar tayyorlashga sarflanadi. Sellyulozani kimyoviy qayta ishlab, bir necha xil sun`iy ipaklar, plastmassalar, kinoplyonka, tutunsiz o`q-dori, laklar va ko`pgina boshqa mahsulotlar olinadi.

Takrorlash uchun savollar.

1. Murakkab efirlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

2. Murakkab efirlar qanday fizik–kimyoviy xossalarni namoyon qiladi?

3. Yog`lar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

4. Margarin qanday olinadi?

5. Sovunlar qanday olinadi va qanday turlarga bo`linadi?

6. Uglevodlar deb qanday organik birikmalarga aytiladi?

7. Glyukoza va fruktoza qanday xossalarni namoyon qiladi?

8. Kraxmal va sellyuloza xalq xo`jaligida qanday ahamiyatga ega?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Eterifikatsiya reaksiyasi, sovunlanish reaksiyasi, triglitseridlar, salomas, margarin, atir sovun, kirsovun, yuvish vositalari, uglevodlar, fotosintez, aldegid spirt, keton spirt, shakar, glyukoza, fruktoza, saaroza, kramal, sellyuloza, shveytser reaktivi, gidroliz spirti.

Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

skachat Ulevodlarning kimyoviy xossalari

O’xshashlari

manba.

+

Boshqalar o'qimoqda