XELETSERALILAR CAELCERATA KICHIK TIPI

XELETSERALILAR CAELCERATA KICHIK TIPI

Xeletseralilar kichik tipiga umumiy tavsif.

Bular о‘zining kelib chiqishi jihatidan boshqa bо‘g‘imoyoqlilardan keskin farq qiladi va bugungi kunda 40 mingdan oshiqroq turi bor. Tanasi uch qismdan.

Bosh kо‘krak (prosoma)

Oldingi qorincha (mezosoma)

Keyingi qorincha (metosoma)

Bosh kо‘krak  (prosoma)dagi yaxshi rivojlangan 4 juft oyoq yurishga xizmat qiladi. Oldingi (mezosoma)dagi oyoq 1 juft oyoq jinsiy oyoqqa aylangan, qolgan bosh jufti esa suvda yashovchi formalarida nafas olishga xizmat qiladi. Kо‘zlari oddiy jinsiy organlarini yо‘li oldingi  qorincha I bо‘g‘imiga ochilgan. Tuxum qо‘yib kо‘payadi.

Umuman  xeletseralilar – eng qadimgi   poleozoy erasida rivojlangan va yuz mln. yillar davomida nihoyatda xilma-xil yashash muhitida hayot kechirishga muvofiqlashgan hayvonlar bо‘lganligidan adaptatsion evolyusiya natijasida bir-biridan katta farq qiladigan guruhlar (sinflar, turkumlar) ga  bо‘lingan. Lekin buni bir qancha avlodlari suvga yashash hususiyatini saqlab qolgan va 2 ta sinfga bо‘linadi.

Xanjar dumlilar

О‘rgimchaklar sinfi

  1. О‘rgimchaksimonlar (Aracnida) sinfi.

О‘rgimchaklar sinfi tuzilishi va hayoti bilan bir-birlaridan birmuncha farq qiladigan turkumlar: chayonlar, о‘rgimchaklar, salpuglar, soxta chayonlar, kanalar va bir necha turkumlarni о‘z ichiga oladi. Mazkur sinf avlodlari bir qancha umumiy xususiyatlarga ega. Chunonchi, hamma xeletseralilar kabi bularda mо‘ylovlarning bо‘lmasligi, boshkо‘krak qismidagi hamma bо‘g‘imlari birlashib, uning orqa tomoni boshkо‘krak qalqoni bilan himoyalanganligi, haqiqiy jag‘lar о‘rnida oziqni ushlash va maydalash (kemirishkavshash)ga xizmat qiladigan о‘tkir tirnoqli kuchli, xitinlashgan xeletseralarining yaxshi taraqqiy etganligi bular uchun xos belgilardir. Bundan tashqari mazkur sinf vakillarida turli vazifalarni bajarishga moslashgan pedipalplarning  bо‘lishi, boshkо‘krakda joylashgan tо‘rt juft oyoqlarining yaxshi rivojlanganligi, murakkab kо‘zlar о‘rnida bir necha juft sodda kо‘zlar mavjudligi, kо‘pchilik avlodlarida oldingi qorincha oyoqlarini nafas olish organiga aylanganligi va boshqa xususiyatlar bilan xarakterlanadi.

Kо‘rsatib о‘tilgan organlar va umuman tananing tuzilishi kо‘pchilik parazitlik bilan hayot kechiruvchi kanalar turkumida turli darajada soddalashib, о‘zgarib ketgan. Umuman о‘rgimchaksimonlar о‘zlarining nihoyatda xilma-xilligi  va turli sonining kо‘pligi (bularga 35 mingdan ortiq tur kiradi) jihatidan bо‘g‘imoyoqlilar о‘rtasida hashoratlar sinfidan keyingi ikkinchi о‘rinni egallaydi.

Kо‘pchilik turlari yirtqich. Kо‘pincha hashoratlar va boshqa umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari (kanalar) hayvonlar yoki о‘simlik tanasida parazitlik yoki tayyor mahsulot bilan oziqlanadi. Binobarin, bularda  teri sezuv va hid sezuv vazifasini bajaruvchi sezuv tukchalari yaxshi rivojlangan. Oziq qidirishda kо‘zlarigagina emas (ba’zilarida kо‘zlar yaxshi rivojlanmagan yoki butunlay yо‘qolgan). Balki mazkur sezuv tukchalar yordam beradi.

Chayonlar  (Scorpiones) turkumi va boshqa turkumlar vakillari va tuzilishi.

Chayonlar turkumiga mansub bо‘lgan о‘rgimchaksimonlar (bularning 600 tacha turi ma’lum) paleozoy erasidan, ya’ni bir necha yuz million yillardan buyon yashab kelayotgan  va dastlabki avlodlarining tushilishi va qiyofasini saqlab kelgan bо‘g‘imoyoqlilar bо‘lib, paleozoyning sillurdavrida suvda yashagan avlodlariga kо‘p jihatdan о‘xshash maxluqlardir.

Chayonlarning qadimgi avlodlari kо‘rsatilgan issiq iqlimli erada yashagan bо‘lganidan hozirgi turlari ham asosan tropik va subtrpik qit’a va oblastlarda: Afrika, Janubiy va Markaziy Amerika, Hindiston, Janubiy va Sharqiy-janubiy Osiyoda tarqalgan. Rossiya da О‘rta Osiyo, Zakavkazye va Qrim yarim orolida kо‘proq uchraydi.

Chayonlarning tanasi boshkо‘krak (prosoma), oldingi qorincha (mezosoma) va ketingi qorincha (metosoma) qismlariga yaxshi ajralgan. Boshkо‘krak qismi va oyoqlari qalin chidamli xitin bilan qoplangan. Bosh tomonining ustida bir juft kattaroq kо‘z, yon tomonida esa 5 juft mayda sodda kо‘zchalar joylashgan. Boshkо‘krakning qorin tomonida og‘iz, bir juft о‘tkir “tishli” xeletsera  va bir juft juda katta pedipalp joylashgan. Ovqat ovlashda eng asosiy qurol bо‘lmish pedipalplar qisqichbaqadagi qisqichoyoqlarga о‘xshab, zо‘r muskulli omburchalar bilan qurollangan. Tо‘rt juft kо‘krak oyoqlari yurishga xizmat qiladi.

Olti segmentli, yaxshi chegaralangan va enli oldingi qorinchaning birinchi segmentiga (qorin tomoniga) jinsiy yо‘l ochilgan bо‘lib, mazkur bо‘g‘imda bir juft kattagina “tarmoqsimon” organ joylashgan. Qolgan tо‘rtta segmentga bir juftdan nafas olish organlari “о‘pka” teshikchalari ochilgan. Ketingi qorincha (“dum”) 5 – 7 bо‘g‘imli bо‘lib, uning eng oxirgisida zahar bezi va nayza joylashgan. Anal teshikchasi nayzali bо‘g‘imning yuqoridagisiga ochilgan.

Chayonlar – tungi hayvonlardir, ular kunduzi tuproq ichidagi yoki tosh-g‘isht kovaklari orasidagi “uyalarida” yotib, kechalari “ov”ga chiqishadi va dumini yuqoriga qayirgan holda tez yugurib harakat qiladi. U yо‘lida uchragan hashoratlar, о‘rgimchak va boshqa mayda hayvonlarni pedipalplari bilan ushlab, yeydi. Agarda kattaroq qо‘ng‘iz (hatto, mayda sichqon yoki kaltakesaklar) uchrab qolsa ularni chaqib о‘ldirgach, yeya boshlaydi. Och qolgan chayonlar, hatto о‘z avlodlari (jumladan bolalarini) yeyishdan ham qaytmaydi.

Chayonlarning tuxumi urg‘ochining jinsiy yо‘llarida rivojlanib, mayda bolachalar shaklida tug‘iladi. Bitta urg‘ochi 5 tadan 20-30 tagacha bola tug‘ishi mumkin. U mayda bolalarini bir necha kungacha yelkasida kо‘tarib yuradi. Chayon bolalari bir necha pо‘st tashlab, 1-1,5 yildagina voyaga yetadi. Chayonlar eng qadimgi  va juda oz о‘zgargan hayvon bо‘lganligi uchun Yerning hozirgi geografik holati shakllanishini о‘rganishda ma’lum nazariy ahamiyatga egadir.

Chayon zahri oqsil xarakteridagi murakkab organik modda. Zahar mayda hayvonlarni tez о‘ldiradi. Chayon zahri – ular aktivlashgan yoz oylarida kuchli bо‘lib, chaqqan odamga bir necha kun azob berishi mumkin. Lekin chayon zahridan odam о‘lishi juda kam sodir bо‘ladi. Zahar bolalarga tez ta’sir etadi (ayrim hodisalarda bola zaharlanib, nobud bо‘lishi ham mumkin). Chayon – zararli hashoratlarni yо‘qotuvchi foydali maxluqdir.

Soxta chayonlar (Pscudoscorpiones) turkumi – Chirindilar orasida yoki tosh-kesaklar va nam-zaxkash joylarga uya yasab yashovchi bu mayda (2-7mm) bо‘g‘imoyoqlilar chayonlarnikiga о‘xshash kattagina qisqich pedipalp bо‘lishi bilan sirtidan chayonlarga о‘xshaydi. Soxta chayonning boshkо‘krak qismida xeletsera, og‘iz ostida  esa kattagina qisqich (omburcha) li pedipalpi joylashgan. Tо‘rt juft kо‘krak oyoqlari yurishga xizmat qiladi. pedipalpda sezuvchan tukchalar bо‘lib, bular sezuv organlari vazifasini ham о‘taydi.

Qorinchaning oldingi qismiga birmuncha murakkab tuzilgan jinsiy organlarning yо‘llari va ichiga qayrilgan ikki juft nafas olish naychalarining teshikchalari (stegmalar) ochilgan. Qо‘shilish vaqtida erkaklari о‘z spermatozoidini spermatofora ipchasiga aylantirib, urg‘ochisining jinsiy yо‘li (sperma qabul  etuvchi bо‘limi)ga joylaydi. Urg‘ochilari otalangan tuxumlarini jinsiy yо‘lidan tananing tashqi tomoniga qayrilib, hosil bо‘luvchi qopchig‘iga qо‘yadi. Tuxumlari shu vopchiqning ichida oziqlanib rivojlanadi.

Soxta chayonlar yirtqich; ular turli mayda umurtqasizlar, chuvalchanglar, mayda hashoratlar, hatto о‘zidan bir necha marta katta pashsha va ari kabi hashoratlar bilan ovqatlanadi. Shu bilan  ular ma’lum darajada foyda yetkazadi. Bu turkumga mansub о‘rgimchaksimonlar kо‘p tarqalgan. Ularning mingdan ortiq turlari ma’lum.

Salpuglar (Salpugae) turkumi – Salpuglar boshqa о‘rgimchaksimonlarga qaraganda ancha katta (1-7 sm gacha) yirtqich bо‘g‘imoyoqlilar bо‘lib, asosan issiq iqlimli rayonlarda kо‘p tarqalgan. Bularning bir necha turi О‘rta Osiyo respublikalari, Zakavkazye, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Ukrainada va Rossiyaning о‘rta iqlimli rayonlarida tarqalgan.

Salpugning bо‘g‘imlashgan boshkо‘krak qismi qorinchadan tо‘la ajralgan va bosh qismi qattiq qalqon bilan qoplangan. Boshida bir juft kо‘z, qorin tomonida juda katta va о‘tkir tirnoqlar bilan qurollangan xeletsera (hujum va himoya quroli) bо‘lishi, oyoqsimon tuzilgan pedapalplari xilma-xil vazifalar bajarish (sezish, harakatlanish, ovqat tutish)ga moslashgan. Yaxshi rivojlangan tо‘rt juft oyoqlari, xeletsera, pedapalplari va tanasi juda kо‘p sezuv tukchalari va boshqa sezuv о‘simtalari bilan qoplangan.

О‘n bо‘g‘imli qorinchaning oldingi bо‘g‘imiga bir juft jinsiy teshikchalar va har bir bо‘g‘imida bir juftdan nafas olish teshikchalari – stigmalar ochilgan. Nafas olish organi traxeya naychalari sistemasi shaklida tuzilgan bо‘lib, juda yaxshi tarqqiy etgan. Murakkab shoxlangan bu organga stigmalar orqali havo kirib turadi. Mazkur organning tuzilishi bilan ular boshqa о‘rgimchaksimonlardan keskin farqlanadi; boshqa ichki organlari kо‘p jihatdan о‘rgimchaksimonlar tipida tuzilgan.

Erkak salpug qо‘shilishi paytida о‘z spermatoforasini urg‘ochisining jinsiy yо‘liga joylashi bilan tezda qochib ketadi. Aks holda “serishtaha” urg‘ochisi uni tutib yeydi. Urg‘ochisi uyaga 30 tadan 200 taga tuxum qо‘yadi. Lichinka davri bо‘lmaydi. Tuxumdan chiqqan mayda bolachalari bir necha marta pо‘st tashlab о‘sib, voyaga yetadi.

Salpuglarning kо‘pchiligi kechasi yashaydi, serharakat; turli hashoratlar, mayda sudralib yuruvchilar, hatto sichqon va oqtishlilar kabi mayda sut emizuvchilar bilan ovqatlanadi. Ular juda ham xо‘ra bо‘lganligidan zararli hashoratlarni qilib, ma’lum darajada foyda yetkazish mumkin. Bularning kunduzi yashaydigan turlari ham ma’lum.

Sirtdan kо‘rinishida ancha katta va vahimali bо‘lgan bu о‘rgimchaksimonlar kо‘p afsonalar tо‘qilishiga sabab bо‘lgan. Aslida ularda hech qanday zahar bezlari yо‘q. Ayrim hollarda himoya maqsadida odamni “tishlagan” salpuglarning xeletserasi tekkan joyda shish paydo bо‘lishiga sabab bо‘lishi mumkin. Mazkur shish xeletseraga yopishgan mikroblar kirishi natijasida paydo bо‘lib, tezda tuzaladi.

+
Manba.

 

Boshqalar o'qimoqda