XELITSERALILAR KENJA TIPI

XELITSERALILAR  (CHELICERATA)  KENJA  TIPI

Xelitseralilaming tanasi boshko‘krak va qorindan iborat. Boshko‘krak

yettita bosh va ko‘krakbo‘g‘imlarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Unda

6 juft, ba’zan 7 juft bir shoxli oyoqlar joylashgan. Qorin bo‘limida oyoqlari

o’zgarib ketgan yoki butunlay rivojlanmagan. Ayrim vakillarining qomi

oldingi  va  keyingi  bo’limlarga  bo’lingan  bo’ladi.  Antennula  va  bosh

bo‘lagi(akron)ning yo‘qligi bilan xelitseralilar boshqa bo‘g ‘imoyoqlilardan

farq qiladi. Boshko’krakning birinchi juft oyoqlari oziqni maydalash va

ezish vazifasini bajaradigan xelitseraga, ikkinchi jufti esa sezish va ba’zan

tutish vazifasini bajaradigan

pedipalpaga

aylangan. Odatda pedipalpasi

boshqa yurish oyog’lariga juda o’xshab ketadi.

Xelitseralilar 70000  dan  ortiq  bo‘g ‘imoyoqlilami  o ‘z  ichiga  oladi.

Ko’pchilik vakillari quruqlikda hayot kechiradi. Bu kenja tipga qilichdum-

lilar,  qisqichbaqachayonlar,  y a ’ni  gigant  qalqondorlar  va

o ‘rgimchaksimonlar sinfi kiradi.

QILICHDUMLILAR  (XIPHOSURA)  SINFIQilichdumlilar –  juda kam uchraydigan qadimgi dengiz hayvonlari.

Paleozoy erasida keng tarqalgan, keyinchalik qirilib ketgan. Hozirgi davrda

ulardan faqat 5 tori tarqalgan. Uzunligi 50-90 sm ga yetadi.

Tashqi tuzilishi. Qilichdumlilaming keng va yassi tanasi ikki bo’lim:

yaxlit  boshko’krak  va qorindan  iborat.  Qorin  boshko’krak  bilan  har­

akatchan qo’shilgan bo‘lib,  6 juft plastinkasimon jabraoyoqlarga ega.

Qomining keyingi uchida harakatchan uzun dum o’simtasi joylashgan

(136-rasm).

Boshko‘krak keng va qalin qalqon bilan qoplangan bo‘lib, qalqonning

oldingi tomonida, ya’ni ikki juft ко‘zlari joylashgan. Boshko’krakning os­

tki tomonida og‘zining oldingi qismida uch bo‘g ‘ixnli kichkina xelitserasi,

og‘iz atrofida 5 juft yurish oyoqlari bo‘ladi. Xelitseralilaming pedipalpasi-

ga mos keladigan birinchi juft oyoqlari kichik qisqich bilan ta’minlangan,

lekin tuzilishi bilan boshqa yurish oyoqlaridan deyarli farq qilmaydi. Ham­

ma oyoqlari bir shoxli bo‘lib, asosiy bo‘g ‘imida qilga o ‘xshash chaynash

о ‘ simtasi bo ‘ladi. Oxirgi beshinchi juft oyoql arida rudimentar jabra о ‘ simtasi

bo‘ladi.  Shunday qilib, oyoqlar o ‘rmalash bilan birga, oziqni ushlash va

maydalash funksiyasini ham bajaradi.

Qorin bo’limida 6 juft bargsimon ru­

dimentar  oyoqlar  bor.  Bu  oyoqlaming

birinchi jufti jabra qopqoqchalarini hosil

qiladi. Qolgan qorinoyoqlarda juda ко ‘ p

plastinkasimon jabra yaproqchalari joy­

lashgan. Dum o‘simtasi telson bilan qorin

bo‘limining keyingi uchta bo‘g ‘imining

qo‘shilishidan hosil bo’lgan.

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda