ZOOLOGIYA FANLAR SISTEMASI VA BOSHQA BIOLOGIK FANLAR BILAN ALOQASI

ZOOLOGIYA FANLAR SISTEMASI VA BOSHQA BIOLOGIK FANLAR BILAN ALOQASI

Zoologiya fanining soha va tarmoqlari

Zoologiya rivojlana borishi bilan bir qatorda uning ma’lum bo‘limlari: hayvonot olamining tuzilishi, sistematik guruhlari, geografik tarqalish qonuniyatlari yoki hayvon organlarining hayotiy yo’nalishlarini o‘rganadigan ayrim zoologik fanlar vujudga kela boshladi. Shunday qilib zoologiya bir qancha bilimlarni birlashtirgan fanlar sistemasiga aylandi.

Hayvonlarning tuzilishi va individ (embrion) rivojlanishini Morfologiya  fani tekshiradi.Morfologiya o‘z navbatida anatomiya, gistologiya, sitologiya, embriologiya,  qiyosiy anatomiya, qiyosiy embriologiya, molekulyar biologiya kabi qator fanlarga ajraladi.ZOOLOGIYA FANLAR SISTEMASI VA BOSHQA BIOLOGIK FANLAR BILAN ALOQASI

Sistematika – hayvonot dunyosining sistematik takson guruhlari va ularning o‘zaro qarindoshlik munosabatlarini o‘rganadi.

Filogeniya – har bir guruh vakillari o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashliklarni, embrion taraqqiyoti hamda ularning qadimgi (paleontologik) avlodlarning tuzilish hususiyatlari  asosida turlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi masalasini o‘rganadi.

Paleozoologiya – hayvonlarning toshga aylangan qadimgi qazilma avlodlari va ular bilan hozirgi guruhlar o‘rtasidagi qarindoshlik (filogenetik) munosabatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Ekologiya – hayvon organizmlarini, ular yashab turgan organik muhit (o‘simlik va boshqa hayvon turlari) va noorganik muhit o‘rtasidagi munosabatlar, moslanishini o‘rganadi.

Fiziologiya –  hayvon organlarining vazifalari va ularda kechadigan sheriklik hodisalari va yo’nalishlarini aniqlash, tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.

Bulardan tashqari zoologiyaning ma’lum yo’nalishda tadqiqot ishlarini olib boradigan maxsus sohalari shakllangan bo‘lib, ular har bir soha: bir tip yoki bir sinfga mansub bo‘lgan hayvonlar guruhini har tomonlama chuqur o‘rganadi.

Masalan, shu yosinda: protistologiya- sodda hayvonlar, gelmintologiya, entomologiya, malokalogiya  ixtiologiya, ornitologiya, teriologiya kabi fanlar vujudga kelgan.

ZOOLOGIYA FANLAR SISTEMASI VA BOSHQA BIOLOGIK FANLAR BILAN ALOQASI

+
Manba.

Boshqalar o'qimoqda