Ekologiya bo’yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash

Ekologiya bo'yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash

Ekologiya bo’yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash.

Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlarini ko‗zlash loyiha- smeta xarajatlarida o‗z aksini  topadi. Iqtisodiy ri-vojlanish muammolarini insonlar tomonidan ilmiy o‗rganish kuchayishi bilan,  loyihacharning ekosistemaga ta‘sirini juda bo‗lmaganda minimal xavfsizlik me‘yori darajasiga  tushirish imkoni paydo bo‗ladi. Bu me‘yorlarga inson salomatligiga bo‗l-gan xavf darajasi, atrof 

muhitga zararli moddalarni chiqarish me‘yorlari va boshqalar misol bo‗ladi. Loyihalar ekosistemani  muhofaza qilish bo‗yicha chet el mamlakatlari bilan tu-zilgan shartnomalar buzilishiga olib kelishi  kerak emas. 

Ayrim hollarda loyiha ta‘sirida ekologik holat salbiy tomonga qarab o‗zgarishi va bunga ruxsat  berilishi ham mum-kin. Masalan, aholi joylashgan joy yaqiniga temir yo‗l qurish loyihalashtirilsa va  bu loyiha amalga oshsa, shovqin ko‗payadi hamda bu aholi yashash tarziga salbiy ta‘sir etishi  mumkin. Loyihada bu salbiy ta‘sirni bartaraf qilish yo‗llari bo‗lishi kerak. Buning uchun aholini  boshqa joyga ko‗chirish (bu esa juda qiyin, chuiki odamlar o‗zlari o‗rganib qolgan joylardan,  yaxshiroq sharoit yaratib berilishiga qaramasdan, ko‗chishga ro-zilik bermasliklari mumkin) yoki  shovqinni kamaytiradigan, yaxshisi, umuman yo‗krtadigan moslamalarni uylarga o‗rnatigp kerak.  Bu, albatta, qo‗shimcha xarajatlarga olib ksladi. Undan tashqari ayrim vaqtlarda aholini  kompensatsiya berish yo‗li bilan ham rozi qilish mumkin. Masalan, elektrosgapsiya qurish loyihasi  amalga oshsa, kompaniya egalari atrofda yashovchi aho-liga elektroenergiyani tekinga berishni o‗z  bo‗yniga oladi. 

Ayrim hollarda loyihalarni amalga oshirishda vujz^dga keltiriladigan ekologik xavfni bartaraf qilish  juda oson, ayrim hollarda esa juda murakkab kechadi. 1970 yildan bosh-lab, Jahon banki hamma  investitsiya loyihalarining ekosiste-maga salbiy ta‘sirini tahlil qila boshladi. 1971-1980 yil-lar ichida  1342 loyihani tahlil qilish shuni ko‗rsatadiki, ulardan 845 tasi yoki 63%i ekologik jihatdan bexatar  loyi-halar, 365 tasi yoki 27%i ekologik muammolarni engil hal kilsa bo‗ladigan loyihalar ekan. 22  loyiha bo‗yicha loyihalarni qayta ko‗rib chiqish tavsiya etildi va 110 ta loyiha ekosistemaga juda  katta salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, degan xulosa berildi. Bu loyihalar bo‗yicha maxsus maslahatchilarning  maslahati zarur. Ekologik ta‘sirni bartaraf kilish muammosi investitsiya oldi bosqichida hal qilinishi  kerak, shunda bu jarayonga qilinadi-gan xarajatlar eng kam miqdorda bo‗ladi. Umuman, loyihalar-ni  ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlarida atrof-muhitni himoya qilish xarajatlari taxminan 5%  ini tashkil etadi. Jahon bankining atrof-muhitni himoya qilish bo‗limi loyihalarning turli  kategoriyalari uchun maxsus qo‗llanma yarat-gan bo‗lib, u loyiha tahlili bilan shueullanadigan  mutaxassis-lar uchun tavsiya etiladi. Tajribada eng ko‗p sodir bo‗ladigan va atrof-muhit uchun katta  ziyon etkazadigan omillar havo-ning buzilishi, suvga zararli moddalarning oqizshshshi va bosh-qalar  hisoblanadi. Umuman, ekosistemaga loyihalarning ta‘siri har xil bo‗ladi.  

O’xshashlari

manba.

Boshqalar o'qimoqda